Kontent qismiga oʻtish

General-gubernator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(General-Gubernatordan yoʻnaltirildi)

General-gubernator - 1) 1703— 1917 yillarda Rossiya mahalliy maʼmuriyatidagi oliy mansab. Uning qoʻlida fuqarolik va harbiy hokimiyat bulgan. 1775-yil Rossiyada bir yoxud bir necha gubernya yoki viloyat (oblast)lardan tashkil topgan maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilib, ularni general-gubernatorlar boshqargan. Mas, Rossiya Turkistonni bosib olgandan soʻng Turkiston generalgubernatorligi tashkil qilingan (1867). Turkistonning birinchi general-gubernatori etib K. P. fon Kaufman tayinlangan. 2) Britaniya Hamdoʻstligi mamlakatlari tarkibida boʻlib, ingliz qirolini davlat rahbari sifatida tan oluvchi ayrim davlatlar (odatda, sobiq dominionlar) da ingliz qiroli nomidan ish yurituvchi mansabdor shaxs.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil