Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli
Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli | |
---|---|
Tavalludi |
1856-yil |
Vafoti |
1898-yil 19-may (42 yosh) Andijon |
Onasi | Asalbibi |
Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli (Dukchi eshon, Madali eshon (1856-yil Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi — 1898-yil 12-iyun Andijon) — Andijon qoʻzgʻoloninng rahbari.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dukchi eshon 1856-yil Fargʻona viloyatining Chimyon qishlogʻida, oʻrta hol dehqon va hunarmand Muhammad Sobir xalfa oilasida dunyoga kelgan. Ajdodlari asli qashqarlik boʻlgan. 10 yoshlarida ota-onasi bilan Mingtepa (hozirgi Andijon viloyati Marhamat tumani hududi) yaqinidagi Tojik qishlogʻiga koʻchib kelishgan. Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli mustaqil oʻqib, islom ilmini, arab va fors tillarini oʻrgangan.
1876-yilda akasi Muhammadsoqi bilan Poytugʻda yashovchi nufuzli ulamo Sultonxon toʻra eshon xizmatiga kirib, uning eng yaqin shogirdiga aylangan. Paxsakashlik va duk (yik)chilik bilan shugʻullangan, tabiblik ham qilgan.
Muhammad xalfa Sobir oʻgʻli 1886—1888-yillarda Makkaga borib, haj amalini bajargan. Turkiy tilda „Ibrat ulgʻofiliyn“ („Gʻofillar uchun ibrat kitobi“) asarini yozgan. Asar pandnasihat tarzida boʻlib, tasavvuf gʻoyalari targʻib qilingan.
Dukchi Eshon qoʻzgʻoloni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hukm qilinganlarning aksariyati Fargʻona vodiysi va hozirgi Qirgʻiziston janubidagi Chotqol, Aqsi va Ketmen-Toʻbedagi togʻli hududlardagi qirgʻizlar edi. Ular orasida taniqli shoir-improvizator va bastakor To‘qto‘g‘ul Sotilganov (1864—1933) ham bor edi, u siyosiy dushmanlari tomonidan qo‘zg‘olonda ishtirok etganlikda ayblanib, Ketmen-To‘be vodiysida soxta ayblov bilan qamoqqa tashlangan. U 1905-yilda Irkutsk shahri yaqinidagi Kuitun qishlogʻidagi Sibir qamoqxonasidan qaytib keldi.
Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli Asaka, Shahrixon, Margʻilon, Oʻsh aholisi, xususan, chorvador qavmlar oʻrtasida obroʻ-eʼtiborli boʻlgan. Bu vaqtda uning minglab muridlari bor edi. 1879-yilda u turk sultoni Abdulhamid II ga maktub yozib, Fargʻona vodiysida Rossiya imperiyasi yuritgan mustamlakachilik siyosatini qoralaydi va diplomatik yoʻllar orqali Rossiya imperatori Nikolay II ga taʼsir qilishini soʻraydi.
Bu davrda ulkadagi mustamlakachilik siyosati tufayli keng mehnatkashlar ommasi gʻoyat qashshoqlashibgina qolmay, milliy va diniy qadriyatlar ham oyoq osti qilina boshlangan edi. Mahalliy aholi huquqsizlik, zulm va zoʻravonlikdan azob chekardi. Xalq noroziligining jilovlab boʻlmaydigan darajada kuchayib ketganligini koʻrgan Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli Fargʻona viloyatining turli boʻlislaridan kelgan vakillar bilan kengash oʻtkazib, bir vaqtda qoʻzgʻolon koʻtarishga chaqirdi. Lekin boshqa joyga uncha yoyilmay, tezda magʻlubiyatga uchradi.
Qoʻzgʻolon 1898-yil 17-mayda Andijon harbiy lageriga hujum qilishdan boshlandi. Hududni ruslardan tozalash va ilgari mustaqil boʻlgan Qoʻqon xonligini tiklashni maqsad qilgan Muhammadali „muqaddas urush“ga odamlarni chaqirdi va chor Rossiyasiga 2000 kishi bilan qarshi chiqdi. Ammo uning qoʻshini Andijon shahridan shahar tashqarisida rus 20-chi qator bataloni tomonidan toʻsildi va magʻlubiyatga uchradi. O‘sha 2000 kishidan 546 nafari sudga tortildi[1]. 19-mayda kechqurun Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli qoʻlga olinib, 5 ta yaqin safdoshi bilan Andijonda dorga osilgan.
Hukm qilinganlarning aksariyati Fargʻona vodiysi va hozirgi Qirgʻiziston janubidagi Chotqol, Aqsi va Ketmen-Toʻbedagi togʻli hududlardagi qirgʻizlar edi. Ular orasida taniqli shoir-improvizator va bastakor To‘qto‘g‘ul Sotilganov (1864-1933) ham bor edi, u siyosiy dushmanlari tomonidan qo‘zg‘olonda ishtirok etganlikda ayblanib, Ketmen-To‘be vodiysida soxta ayblov bilan zindonga tashlangan va 1905-yilda Irkutsk shahri yaqinidagi Kuitun qishlogʻidagi Sibir qamoqxonasidan qaytib kelgan.
Dukchi Eshonning 81 yoshlik onasi Asalbibi, oila aʼzolari — Tojibibi Maqsudhoji qizi va uning ikki qizi Neʼmatposhsho va Hamrobibi, Isnorabibi Abdujalil qizi va uning o‘g‘li Abdujalil, Ruqiyabibi Ismoil qizi va uning o‘g‘li Abdurahim, shuningdek, akasi Muhammadsoqi va uning o‘g‘li Musurmonqul Penza guberniyasiga 6 yilga Penzaga surgun qilingan[2]. Eshonning mol-mulki, jumladan 755 ta nodir qoʻlyozma kitoblari musodara qilingan. Mingtepa qishlogʻi toʻplardan oʻqqa tutilib, oʻrnida rus erkaklari uchun „Russkoye selo“ qasabasi (posyolkasi) qurilgan.
Andijon qoʻzgʻoloni mustamlakachilik zulmiga qarshi boʻlsa ham, Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar diniy gʻoyalar (jihod va gʻazovot) bilan maydonga chiqishgan edi[3].
Dukchi Eshon boshchiligidagi Andijon qo‘zg‘oloni Chor Rossiyasi maʼmurlari va harbiylari tomonidan bostirilib, Mingtepa o‘lkasi yakson qilinib, xalqi qatliom etilib, uylari, masjid-madrasalari buzib tashlanib, shaxsiy kutubxonasida mavjud bo‘lgan 300 ga yaqin diniy va dunyoviy asarlarni, shu jumladan, „Ibrat-ul g‘ofiliyn“ asari va unga kiritilgan ko‘plab g‘azallari-baytlari, shuningdek, shaxsiy mirzosi bo‘lgan „Osiy“ taxallusi bilan ijod qilgan muridi tomonidan yozilgan 168 varaqdan iborat „Dukchi Eshon maqomati“ asari musodara qilingan bo‘lsa-da, ularning barchasi hozirgacha yetib kelgan[2]. Andijon qoʻzgʻoloni Oʻrta Osiyodagi postsovet tarixshunosligida Fargʻona vodiysida mustaqil davlat barpo etishni maqsad qilgan chorizmga qarshi ilgʻor harakat sifatida taʼriflangan.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozbekiston mustaqil davlatlar qatoriga kirganida soʻng Dukchi eshon hayoti va faoliyatiga oid yuzlab maqolalar, o‘nlab kitoblar nashr etildi. Andijondagi ko‘chalardan biriga Dukchi Eshon nomi berilgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Edward Allworth.. Central Asia, 130 years of Russian dominance: a historical overview. Duke University Press, 1994.. ISBN 0-8223-1521-1, ISBN 978-0-8223-1521-6.
- ↑ 2,0 2,1 „Dukchi Eshon: Tarix va haqiqat yoxud tunni yoritgan chaqmoq“ (2022-yil 8-avgust). Qaraldi: 2023-yil 8-avgust.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Dukchi eshon kimligini bilamizmi?“ (3-iyun 2013-yil). Qaraldi: 8-iyun 2023-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |