Kontent qismiga oʻtish

Axrol Risqullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Axrol Risqullayev
Toʻliq ismi Axrol Risqullayev
Tavallud sanasi 2-may 1985-yil
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Axrol Risqullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Axrol Risqullayev
Tavallud sanasi 2-may 1985-yil (1985-05-02) (39 yosh)
Tavallud joyi Toshkent Oʻzbekiston
Ampluasi Himoyachi, Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan

Axrol Risqullayev (ruscha: Рискуллаев Ахрол; 2-may 1985-yil, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbol hakami va sobiq futbolchi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Axrol futbolchilik faoliyatini „Paxtakor“ jamoasida boshlagan boʻlsada, keyinchali Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“, Gʻuzorning „Shoʻrtan“, Namanganning „Navbahor“, Navoiyning „Qizilqum“, Samarqandning „Dinamo“ va Qarshining „Nasaf“ jamoalarida oʻynagan[1][2][3].

Hakamlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yildan hakamlik faoliyatini boshlagan boʻlsada, dastlab Oʻzbekiston ikkinchi ligasi va Maxsus oʻrtoqlik turnirlarida hakamlik qilgan[4]. 2016-yilgi mavsumdan Oʻzbekiston Birinchi ligasi va Oʻzbekiston Superligasi oʻyinlariga jalb etilgan[5][6]. 2021-yilgi Oʻzbekiston Kubogi finalini boshqargan[7][8]. 2023-yilgi AFC U-23 Osiyo kubogida hakamlik qilgan. Axrol Risqullayev 2023-yilgi mavsumda OʻFA tominidan Oʻzbekistonning eng yaxshi hakami deb topilgan[9].

  • Oʻzbekistonning eng yaxshi hakami: (2) 2020[10], 2023
  • EAFF E-1 musobaqasining eng yaxshi hakami: 2022[11]