Kontent qismiga oʻtish

Qohira

Koordinatalari: 30°2′40″N 31°14′9″E / 30.04444°N 31.23583°E / 30.04444; 31.23583
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Каирdan yoʻnaltirildi)
Qohira
Qohira al-Qāhira القاهرةning bayrogʻi
Bayroq
Qohira al-Qāhira القاهرةning rasmiy gerbi
Gerb
30°2′40″N 31°14′9″E / 30.04444°N 31.23583°E / 30.04444; 31.23583
Hukumat
 • Hokim Dr. Abdul Azim Vazir
[[File:|290px|Qohira xaritada]]

Qohira (arabcha: القاهرة‎) — Misr poytaxti, qadimiy shahar. Afrikada eng katta shahar. Nil daryosi del-tasidan janubida, asosan, daryoning oʻng sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan Qohira muhofazasini tashkil etadi. Aholisi 16 mln. kishidan ziyod (2000, shahar atrofi bilan). Iqlimi Oʻrta dengiz boʻyiga xos, oʻrtacha temperatura yanvarda 12°, iyulda 27°. Yillik yogʻin 34 mm, aprel – may oylarida 50 kungacha issiq quruq shamol – xamsin esadi.

Qohira – xalqaro havo, mamlakatning temir yoʻl, avtomobil va daryo yoʻllarining yirik chorrahasi. Qohira va uning atrofida mamlakat sanoat korxonalarining 1/4 qismi, fabrika va zavod ishchilarining 1/3 qismi toʻplangan. Mashinasozlik (shu jumladan, transport mashinasozligi) va metallsozlik, toʻqimachilik, kimyo, sement va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Shahar yaqinida yirik qora metallurgiya markazi bor. Qohira – yirik savdo-moliya, arab dunyosining muhim noshirlik faoliyati markazlaridan. Qohirada badiiy hunarmandchilik qadimdan rivojlangan: teri, yogʻochdan turli-tuman badiiy buyumlar tayyorlanadi. Shaharda Misr muzeyi, islom sanʼati muzeyi, badiiy muzeylar, Akademiya, universitet, Misr instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalari (choʻl, tro-pik tibbiyot, qishloq xoʻjaligi institutlari), kutubxonalar, teatrlar bor.

Qadimda (taxminan miloddan avvalgi 17-asrda) Qohira oʻrnida qishloq boʻlgan. Rim-Vizantiya davrida shahar Bobil, keyinroq Fustat nomlari bilan mashhur edi. 861 yilda Ahmad al-Fargʻoniy Qohira yaqinidagi Ravzo orolda Nil daryosi suvi sathini oʻlchab turadigan nilometr qurgan. Bu noyob inshoot hozirgi qadar saqlanib turibdi. 969 yilda shaharning shim. chekkasida "Misr al-Qohira" ("Gʻolib Misr") nomi bilan Fotimiylar hokimlari qarorgohlari qurila boshladi. 641–969 yillarda K,. Misr, Tuluniylar, Ixshidiylarning arab noiblari, 973– 1171-yillarda Fotimiylar xalifaligi poytaxti boʻlgan. Ayyubiylar (1171 – 1250) va mamluklar (1250-1517) davrida yirik diniy-siyosiy, savdo va hunarmandchilik markazi edi. 1517-yilda shaharni usmonli turklar egalladi. Misr ek-speditsiyasi davrida (17981801) Qohira fransuz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. Shahar aholisi bir necha marta (1798, 1800) bosqinchilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 19-asrda Qohira ancha rivojlandi, yangi turar joylar, sanoat korxonalari qurildi, oliy oʻquv yurtlari tashkil etildi. 1882-yilda Qohirani ingliz qoʻshinlari egallab, uni 1914–22 yillarda Britaniya protektorati maʼmuriy markaziga aylantirdi. 1922-yildan Misr Podshohligi poytaxti. 1953–58 yillarda Misr Respublikasi, 1958–71 yillarda Birlashgan Arab Respublikasi, 1971-yildan Misr Arab Respublikasi poytaxti.

Shahar eski va yangi qismlardan iborat. Eski Qohirada (Fustat, Bobil) "Troya minorasi" (miloddan avvalgi 130 yil), vizantiya davri cherkovlari (Avliyo sergiy, Bibi Maryam, Varvara) va ilk arab davri Amr ibn al-Aso masjidi (7-asr), Ibn Tulun masjidi (9-asr); fotimiylar davridan shahar devori xarobalari (11-asr), AchAzhar va boshqa masjidlar, Sabʼa Banot ("Yetti qiz", 11-asr), Umm Kulsum (1122) maqbaralari, masjidlar, Usmonli turklar davridan Sinon poshsho (1571), muhammad Ali (1930–48) masjidlari saqlangan. Yangi shahar qismida keng koʻchalar, koʻp qavatli binolar, xiyo-bonlar, hukumat binolari, universitet shaharchasi, telemarkaz, bank binolari, sanoat rayonlari va boshqa qurilgan.