Rhenus
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Rhenus Group - Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada faoliyat yuritadigan Germaniya logistika kompaniyasidir.
Shartnomaviy taʼminot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rhenus butun Yevropa boʻylab taʼminotning har bir tarafini oʻz ichiga oluvchi xizmatlar doirasi bilan taʼminlaydi. Rhenus kompaniyasining tarixi uzoq va oʻz faoliyatida oʻzining uskunalarini ishlatishga ahamiyat beradi. U muayyan mijoz materiallari oqimi yechimlarini Yevropadagi taʼminot markazlari tarmoqlari bilan birga olib boradi. Uning xizmatlari oʻz ichiga xarid qilish, ishlab chiqarish va tarqatish sohalaridagi taʼminotning har tomonlama yechimlarini oladi.
Kompaniyaning portfeli oʻz ichiga taʼminotni tashkili va boshqaruvi bilan birgalikda yuqori sifatli qoʻshimcha qiymatli xizmatlarni va kompleks saqlash masalalarini xal qilishni oladi. Rhenus sanoat tovarlari, avtomobil va transport sanoati, sogʻliqni saqlash, xalq isteʼmol mollari, ommaviy axborot va tovarlar, uyga yetkazib beriladigan xizmatlar, ofis tuzumlari va pnevmotuzumlar vositasida yuklar bilan ishlash kabi katta sektorlarda faoliyat olib boradi.
Yuk tashish taʼminoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Butun Yer yuzi boʻylab yuk tashish katta vazifadir. Bu ish har doim oʻz ichiga yangi yoʻnalishlarni va bozorlarni rivojlantirishni oladi. Rhenus yuklarni temir yoʻl va avtomobil, havo yoki suv tranportida tashishning har bir imkoniyatidan toʻla foydalanadi. Kompaniya yuklarni guruhlar va boʻlaklarga boʻlib yoki yagona yuk sifatida, standart oʻlchamli va nostandart oʻlchamli yuklarni, oddiy usulda yoki tezkor usulda, ichki tansport yoki xalqaro taʼminot va tarqatish xizmatlaridan foydalanib yetkazib beradi. Xizmat oʻz ichiga konsignatsiya usuli bilan joʻnatilgan yuklarni kuzatib borish tuzumini ham oladi.
Buning hammasi kompaniyaning Yevropa va Osiyodagi 140 ta faoliyat olib borish joylarida va hamkorlar, korrespondentlar va agentlar yordamida yana boshqa 140 ta faoliyat koʻrsatish joylarida roʻy beradi. Rhenus Freight Logistics(yuk tashib berish xizmati) Germaniyadagi System Alliance(tuzum ittifoqi) tarmogʻining bir qismi boʻlib, System Alliance Europe tuzumida qitʼaning boshqa joylarida ham ish olib boradi. Har kuni 4 000 ta yuk mashinasi Rhenus nomidan yoʻlga chiqadi. Kompaniya har yili toʻqqiz milliondan ziyod yuk joʻnatishlarni yaʼni taxminan 7,7 million tonna ogʻirlikdagi har turli tovarlardan iborat boʻlgan yuklarni yetkazib beradi.
Portlardagi yuk tashish bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rhenus Port Logistics oʻz mijozlarining tovarlar xarid qilish va tarqatish ehtiyojlari uchun toʻliq tuzumlarni rivojlantirib boradi. Rhenus samarali qitʼalararo taʼminot tizimlarini tashkil qiladi, boshqaradi va ishini amalga oshiradi. Kompaniya portlarda va quruqlikning ichkari qismlarida oʻz obʼektlariga ega va temir yoʻl xizmatlaridan ham toʻla foydalanadi.
Rhenus katta hajmdagi yuklar, uyib tashiladigan, ogʻir yuklar va qurilmalarni tashish, tushirish va yuklash va saqlash xizmatlarini toʻliq bajaruvchi hisoblanadi. Rhenus buyurtmaga asosan toʻliq yechimlarni taʼminlashga qodir va kompaniyalarni import qilingan yogʻochlarni quritish va kesish yoki koʻmirni aralashtirish va elaklardan oʻtkazishni oʻz ichiga oladigan turli ishlardan xalos qiladi.
Jamoa transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahalliy jamoa tranportiga kelganda, Rhenus oʻzining xududiy ildizlarini Yevropa tajribasi bilan birga foydalanadi: Rhenus jalb qiluvchi arzon narxdagi xizmatlarni taklif qiladi. Agar kompaniya mahalliy va xududiy avtobus xizmatlarini koʻrsatishni qabul qilib olsa, oqibatda uzoq muddatga davlat byudjeti bundan yengil tortadi. Rhenus temir yoʻl marshrutlarini sotib olganida, yoʻlovchilar mahalliy temir yoʻl xizmatlarinning sifatida haqiqiy keskin oʻsish yuz berganini sezishdi -narxi oʻzgarmasdan xizmatning sezilarli ravishda yaxshilangani xalqqa naf keltirdi. Mahalliy davlat transport kompaniyasi xususiylashtirilganida, koʻpincha faoliyat uchun talay imkoniyat boʻladi. Rhenus shu imkoniyatdan toʻliq foydalanish qobliliyatiga ega, chunki u bu sohada ilgarigi ishlaridan boy tajribaga ega. Bu kompaniyaga mijozlarga mos keladigan, yoʻlovchilarga, xodimlarga va egalarga ideal yechimlarni rivojlantirish imkonini beradi.