Olam
Kosmologiya |
---|
Erta olam |
Kengayayotgan olam |
Olam kelajagi |
Komponentlari |
Ijtimoiy taʼsiri |
Olam (lotincha: universus) atamasi ostida fizik mavjud boʻlmish jamiki narsalar: fazo, vaqt, materiya, energiya, inersiya, fizik qonunlar va konstantalar majmui tushuniladi. Kundalik hayotda „olam“ soʻzi Yer sayyorasini anglatishi mumkin.
Astronomik kuzatuvlarga koʻra, olam 13.73 ± 0.12 milliard yoshda[1] va kamida 93 milliard yorugʻlik yili uzunligida kesimga egadir. Joriy nazariyalarga koʻra, olamni Katta Portlash, deb nomlangan hodisa boshlagan. Shu hodisagacha kuzatiladigan olamdagi barcha materiya va energiya cheksiz zichlikka ega bitta nuqtada toʻplangandi. Katta Portlashdan soʻng olam oʻzining hozirgi holatigacha kengayishni boshlagan. Maxsus nisbiylik nazariyasi materiyaning yorugʻlik tezligidan katta tezlikka erishishi mumkin emasligini taʼkidlagani tufayli olam kengligi 13 milliard yilda 93 milliard yorugʻlik yiliga yetgani paradoks oʻlaroq tuyulishi mumkin; bunday masofa fazoning kengayish tezligi chegaralanmaganligi (umumiy nisbiylik nazariyasi) bilan izohlanishi mumkin.
Manbalar
[edit | edit source]- ↑ Planck Collaboration (2016). „Planck 2015 results. XIII. Cosmological parameters“. Astronomy & Astrophysics. 594-jild. A13, Table 4-bet. arXiv:1502.01589. Bibcode:2016A&A...594A..13P. doi:10.1051/0004-6361/201525830. ISSN 0004-6361. S2CID 119262962.
Havolalar
[edit | edit source]Olam haqida Vikipediyaning qardosh loyihalarida koʻproq bilib oling | |
Maʼno va tarjimalari Vikilugʻatda | |
Media fayllar Vikiomborda | |
Taʼlim resurslari Vikiversitetda | |
Xabarlar Vikiyangiliklarda | |
Iqtibos, maqol va matallar Vikiiqtibosda | |
Asarlar matnlari Vikimanbada | |
Kitob va darsliklar Vikikitobda |
- NASA/IPAC Extragalactic Database (NED) / (NED-Distances). (ingl.)
- There are about 1082 atoms in the observable universe — LiveScience, 2021-yil iyul. (ingl.)
- This is why we will never know everything about our universe — Forbes, 2019-yil may. (ingl.)