Jin Jingdao
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Jin Jingdao | ||
Tavallud sanasi | 18-noyabr 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Yanji, Yanbian, Jilin, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.70 m (5 ft 7 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shandong Taishan | ||
Raqami | 33 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2011 | Yanbian FC | 37 | (3) |
2012 | Shenyang Shenbei | 24 | (0) |
2013 | Shandong Luneng | 158 | (11) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2009—2010 | Xitoy U-20 | 8 | (4) |
2011- | Xitoy | 18 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (4-yanvar 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (24-mart 2022-yil uchun) |
Jin Jingdao (talaffuzi: Szin Szindao) (1992-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — koreys millatiga mansub xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ klubida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jin Jingdao futbolchilik faoliyatini 2010-yilda „Yanbian“ klubida boshlagan. U klubdagi debyutini 2010-yilning 17-aprelida Guangdong Sunray Cavega qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan[1]. U klubdagi birinchi golini 2010-yil 15-may kuni Pudong Zobonga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan[2]. Jin 2012-yil yanvar oyida Xitoyning birinchi ligasi vakili Shenyan Shenbeyga 2,3 million Yen evaziga transfer qilingan.
2013-yilning 27-fevralida Jin Xitoy Superligasi vakili Shandong Lunenga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2013-yilning 16-martida Changchun Yataiga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. U „Shandun“ safida debyut mavsumida 18 ta oʻyinda maydonga tushgan va Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritgan[3]. 2016-yil 8-sentyabr kuni Jin „Seul“ga qarshi 2016-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi oʻyinida taʼqiqlangan „Clenbuterol“ moddasi aniqlangani uchun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan vaqtinchalik 60 kunga diskvalifikatsiya qilingan[4]. Oradan biroz vaqt oʻtib 2016-yil 4-noyabrda unga sakkiz oylik futboldan diskvalifikatsiya qarori qabul qilingan, bu muddat 2016-yilning 8-dekabriga qadar uch oyga qisqartirilgan[5][6]. 2017-yil 9-iyul kuni Jin Xitoy Superligasidagi ilk golini „Tianjin Teda“ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritgan[7].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jin 2009-yilning iyun oyida Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va oʻsha paytdagi murabbiy Su Maozendan sardorlik bogʻichini qabul qilib olgan. U 2010-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ham bir nechata oʻyin oʻtkazgan. U 2011-yilning 26-martida Kosta-Rikaga qarshi oʻyinda (2:2) Xitoy terma jamoasida debyut qilgan[8]. 2021-yil 30-may kuni Jin 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida Guamga qarshi oʻyinda (7:0) oʻzining ilk xalqaro golini kiritgan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Yanbian FC | 2010 | Xitoy Birinchi Ligasi | 14 | 1 | - | - | - | 14 | 1 | |||
2011 | 23 | 2 | 4 | 0 | - | - | 27 | 2 | ||||
Jami | 37 | 3 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 41 | 3 | ||
Shenyang Shenbei | 2012 | Xitoy Birinchi Ligasi | 24 | 0 | 1 | 0 | - | - | 25 | 0 | ||
Shandong Luneng | 2013 | Xitoy Super Ligasi | 18 | 0 | 1 | 0 | - | - | 19 | 0 | ||
2014 | 17 | 0 | 2 | 0 | 5 | 0 | - | 24 | 0 | |||
2015 | 15 | 0 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 19 | 1 | ||
2016 | 9 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | - | 13 | 0 | |||
2017 | 24 | 3 | 3 | 0 | - | - | 27 | 3 | ||||
2018 | 29 | 6 | 8 | 2 | - | - | 37 | 8 | ||||
2019 | 15 | 0 | 4 | 1 | 8 | 0 | - | 27 | 1 | |||
2020 | 15 | 2 | 1 | 0 | - | - | 16 | 2 | ||||
2021 | 16 | 0 | 1 | 0 | - | - | 17 | 0 | ||||
Jami | 158 | 11 | 25 | 4 | 16 | 0 | 0 | 0 | 199 | 15 | ||
Jami | 219 | 14 | 30 | 4 | 16 | 0 | 0 | 0 | 265 | 18 |
Xalqaro statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2011 | 1 | 0 |
2012 | 0 | 0 |
2013 | 1 | 0 |
2014 | 0 | 0 |
2015 | 0 | 0 |
2016 | 0 | 0 |
2017 | 0 | 0 |
2018 | 5 | 0 |
2019 | 4 | 0 |
2020 | 0 | 0 |
2021 | 6 | 1 |
2022 | 1 | 0 |
Jami | 18 | 1 |
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 30.05.2021 | Suzhou Olimpiya sport markazi, Suzhou | Guam | 2 — 0 | 7-0 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shandong Luneng
- Xitoy Superligasi : 2021
- Xitoy Angliya kubogi : 2014[9] 2020[10] 2021
- Xitoy Angliya Superkubogi : 2015-yil
Shaxsiy yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xitoy futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2013-yil
- Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2018-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „延边队1-0广东日之泉 国青小将处子秀“. sports.sina.com.cn (17-aprel 2010-yil). Qaraldi: 28-iyul 2012-yil.
- ↑ „中甲-长白虎实现逆转 延边2-1中邦喜获客场首胜“. sports.sohu.com (15-may 2010-yil). Qaraldi: 28-iyul 2012-yil.
- ↑ „金敬道获中超最佳新人 身在韩国队友崔鹏代领奖“. sports.sohu.com (24-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2016-yil.
- ↑ Church. „Shandong Luneng's Jin Jingdao suspended for doping violation“. ESPN FC.com (9-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Shandong Luneng's Jin Jingdao suspended for doping violation“. ESPN FC.com (4-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2016-yil.
- ↑ „亚足联官宣金敬道提前结束禁赛 鲁能上诉成功“. sports.sina.com (16-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 18-dekabr 2016-yil.
- ↑ „金敬道开花斩中超首球!B-TO-B?这赞美也太疯狂“. sports.sina.com (2017-yil 9-iyul). Qaraldi: 10-iyul 2017-yil.
- ↑ „金敬道国足首秀可圈可点 郜林两球高家军平强敌“. Sohu (2011-yil 28-mart). Qaraldi: 9-noyabr 2016-yil.
- ↑ „足协杯-麦克格文压哨绝杀 鲁能5-4舜天夺冠“. Sports.sina.com.cn (22-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 19-avgust 2019-yil.
- ↑ „足协杯-王彤惊天内切佩莱头球 鲁能2-0胜江苏夺冠“. sports.sina.com.cn (19-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2021-yil.