Kontent qismiga oʻtish

James Quincey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
James Quincey
Tavalludi
James Robert B. Quincey

8-yanvar 1965-yil (1965-01-08) (59 yosh)[1]
London, England
Turmush oʻrtogʻi Jacqui Quincey
Bolalari 2

James Robert B. Quincey (1965-yil 8-yanvar kuni tug'ilgan) - britaniyalik tadbirkor[2]. Bain & Co kompaniyasida o'z faoliyatini boshlaganidan so'ng[3], 1996-yilda The Coca-Cola kompaniyasiga qo'shildi[4] va keyinchalik bosh operatsion direktor (COO) etib tayinlandi. Hozirda u kompaniyaning raisi va bosh ijrochi direktori hisoblanadi[5].

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

James Robert B. Quincey 1965-yil 8-yanvarda[2] Londonda (Angliya) tug'ilgan. Otasi Dartmouth kollejida biokimyo fani bo'yicha o'qituvchi bo'lgan yillarida Hanoverda (AQSH, New Hampshir) yashagan[6]. Besh yoshida ular Birminghamga, Angliyaga ko'chib o'tishdi. Birmingemdagi mustaqil King Edward's maktabida o'qidi va keyinchalik Liverpool universitetida elektron muhandislik bo'yicha tahsil oldi.[6] U, shuningdek, ispan tilida erkin gapira oladi[3][4][7].

Coca-Colaga qo'shilish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bain & Co va kichikroq konsalting kompaniyasi bilan ishlagandan so'ng[3], 1996-yilda Coca-Cola kompaniyasiga qo'shildi[4]. Coca-Cola bilan u Lotin Amerikasida yashagan[7], u yerda Jugos del Valleni sotib olishga rahbarlik qilgan[4]. 2008-yildan 2012-yilgacha Northwest Europe & Nordics Business Unit biznes bo‘limi prezidenti bo‘lgan. 2013-yilda Coca-Colaning yevropa guruhi prezidenti bo‘ldi[8]. Yevropada Coca-Colaning Innocent Drinks sotib olishini va Coca-Colaning yevropada shisha quyish operatsiyalarini sotish va konsolidatsiyasini nazorat qildi[3][9].

COO va prezident

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil avgust oyida Coke uni bosh operatsion direktor (COO) etib tayinladi[8][10]. O'sha yili u prezident bo'ldi[11]. Kompaniyada brendlar uchun beshta toifali klasterlarga ega bo'lish rejasini e'lon qildi[12]. U, shuningdek, boshqaruvni va butun Coke ierarxiyasini o'zgartirishga muvaffaq bo'ldi[13].

Rais va bosh direktor

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Quincey plastik ifloslanish haqidagi majlisda. Video World Economic Forumdan olingan.

2016-yil dekabr oyida bosh direktor etib tayinlangan[14][15][16][17]. Bosh direktor sifatidagi birinchi harakatlaridan biri yangi mahsulotlar va marketingga sarmoya kiritish va yil daromadi va foyda o'sishini to'rt foizdan olti foizgacha tiklash rejasining bir qismi sifatida 1200 ta korporativ lavozimlarni qisqartirishini e'lon qilgani bo'ldi[4]. Quincey, shuningdek, intervyularida Coke kompaniyasining xavf-xatarga nisbatan haddan tashqari ehtiyotkorlik madaniyatidan xalos bo'lishni xohlayotganini[18] va boshlang'ich biznesga investitsiyalarni tezlashtirish orqali Coke portfelini yanada diversifikatsiya qilishni niyat qilganini aytdi[19]. Keyinchalik 2030-yilgacha sotilgan har bir shisha uchun bir shishani qayta ishlash rejasini ishlab chiqdi[20]. 2019-yil 24- aprelda boshqaruv kengashi raisi etib saylandi[21]. 2021-yil dekabr oyida Quincey Tab va Zico hindiston yong'og'i suvi kabi kamroq sotiladigan ko'plab mahsulotlarini to'xtatish rejalashtirilganligini e'lon qildi[22].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quincey va uning rafiqasi Jacquining ikki nafar farzandi bor[6] va ularAtlanta (Georgia) da istiqomat qilishadi[3].

  1. „Stocks“. Bloomberg. Qaraldi: 2017-yil 16-mart.[sayt ishlamaydi]
  2. 2,0 2,1 Shea. „Coca-Cola COO James Quincey to Succeed Kent as CEO“. Bloomberg (2016-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Whipp, Lindsay (21 May 2017), „James Quincey, Coca-Cola CEO, on why brands have to take a stand“, Financial Times, qaraldi: 28 June 2017
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Grantham, Russell (6 May 2017), „New CEO's challenge: Make things go better with Coke“, The Seattle Times, qaraldi: 28 June 2017
  5. „Senior Leadership: James Quincey“. The Coca-Cola Company. 2019-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-iyul.
  6. 6,0 6,1 6,2 Leith. „A Q&A with James Quincey“. The Coca-Cola Company (2015-yil 13-avgust). 2019-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-mart.
  7. 7,0 7,1 Saporta, Maria. „Former Coke CEO Isdell endorses James Quincey as next CEO“. Atlanta Business Chronicle (2016-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 28-iyun.
  8. 8,0 8,1 Saporta, Maria. „Coca-Cola names James Quincey COO, stops short of saying he will succeed Kent as CEO“. Atlanta Business Chronicle (2015-yil 13-avgust). Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
  9. Berr. „Welcome to Coca-Cola's hot seat, Mr. Quincey“. CBS News (2016-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
  10. Esterl, Mike. „Coke CEO Gets a Deputy, and Possible Successor“. The Wall Street Journal (2015-yil 13-avgust). Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
  11. Esterl, Mike. „Coke President James Quincey Works Behind the Scenes to Cut Costs, Reverse Flagging Soda Sales“. The Wall Street Journal (2015-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
  12. Farrell, Paul (22 April 2017), „Bank of America Beats“, Barrons, qaraldi: 28 June 2017
  13. Sarkari, John (4 January 2017), „Coca-Cola launches major senior mgmt shakeup“, The Times of India, qaraldi: 28 June 2017
  14. Reid. „Coke Chooses New CEO in 2017: James Quincey“. Eastern Daily News (2016-yil 12-dekabr). 2018-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.
  15. „BRIEF-Coca-Cola says James Quincey to succeed Muhtar Kent as CEO in May 2017“. Reuters (2016-yil 9-dekabr).
  16. „James Quincey to Become New Coca-Cola CEO in 2017“. NASDAQ.
  17. „Coke CEO Muhtar Kent hands reins to Quincey in widely expected move“. Reuters (2016-yil 9-dekabr).
  18. Jennifer, Maloney (9 May 2017), „Coke's New CEO James Quincey to Staff: Make Mistakes“, The Wall Street Journal, qaraldi: 28 June 2017
  19. Whipp, Lindsay (9 May 2017), „New Coca-Cola CEO to increase start-up investments“, Financial Times, qaraldi: 28 June 2017
  20. Jennifer Kaplan and Anna Hirtenstein. „Coke Plans to Recycle a Bottle for Every One It Sells by 2030“. Bloomberg LP (2018-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 22-fevral.
  21. „James Robert B. Quincey: Executive Profile & Biography“. Bloomberg L.P.. Qaraldi: 2019-yil 23-iyul.
  22. CNN: December 13th, 2021: Business:Risk Takers, Coca Cola's James Quincey:He killed some of Coke's most beloved brands.

{{