In
In — hayvonlarning tuproqda qazigan vaqtinchalik yoki doimiy yashaydigan makoni, pana joy. Ayrim hollarda toshlar orasida, yogʻochlarda, qorda ham I. quriladi. I. yirtqichlardan va sovuq havodan himoya qiladi yoki unda oziqovqat saqlanadi; hayvonlar juftlashadi va avlodlarini voyaga yetkazadi. Kemiruvchilar, boʻrsiqlar, tulkilar I.ini doimo tuzatib turadi; I.da ular uzoq vaqt, hatto yuz va ming yillab yashashi mumkin. Murakkab tuzilgan I.dan I. egalari bilan birga boshqa organizmlar ham foydalanadi. I. murakkab biotsenoz boʻlib, ayrim sut emizuvchilar I.ida xavfli kasallik (oʻlat, ley-shmanioz) tarqatuvchi hayvonlar yashashi mumkin. Shu sababli I. koʻp boʻlgan hududlarda xavfli kasalliklar manbai boʻlishi uchun sharoit tugʻiladi (yana q. Uya).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |