Kontent qismiga oʻtish

HUB

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

HUB — tarmoqqa ulanishga mobil qurilmalarni birlashtirib, mahalliy tarmoq hosil qilishda qo`llaniladigan eng oddiy qurilma. Misol bilan tushuntiradigan bo`lsak, kichik ofisdagi 2 ta PC, 1 ta Printerdan iborat tarmoq hosil qilish uchun, har biriga IP address berib, so`ng tarmoq kabeli bilan HUBga ulansa, 3 ta qurilmadan iborat kichik tarmoq yuzaga keladi.

Eng oddiy qurilma deyilganiga sabab esa, Switch va Routerlardan farqli o`laroq, Hub marshrutizatsiya, IP Address taqsimlash kabilarni amalga oshirolmaydi. Bu uning asosiy kamchiligi - tarmoqda "shovqin"ning oshib ketishiga sababdir. Yana misol - 8 portli Hubga ulangan 5 ta PC mavjud. Shulardan 1-PC 4-PCdan katta hajmli ma`lumot ko`chiryapti. Hub, ma`lumot jo`natilayotgan packetlarni bir yo`la hamma portlarga jo`natadi, o`zini 4-PC deb "tanishtirgan" qurilmagina qabul qilib oladi, qolgan qurilmalar, "men emas" degan signalni Hubga qaytaradi. Bu paytda boshqa PClar ma`lumot almashinuv jarayonida juda katta sekinlik his etishadi.

Switch esa, packetni kerakli portga jo`natib berish xususiyatiga ega - bu bilan, tarmoqdagi (Switchga bog`liq bo`lgan) o`tkazuvchanlik quvvati saqlab qolinadi.