Gandhara
Gandhara — qad. Hindistonning shim.-gʻarbi (hoz. Pokiston, Afgʻoniston, Hindiston hududida)dagi viloyat.
Rigvedada qayd etilgan gandhari qabilasi nomidan olinganligi taxmin etiladi. Bihistun kitobalariia Gadara viloyati nomi bitilgan. Mil. av. 6-asr oxirida, axomaniylarning Hindistondagi mulklari tarkibida boʻlgan. Qad. hind adabiy yodnomalarida Gandhara bir paytlar mustaqil davlat bulib, poytaxti Taksila sh.da joylashganligi aytilgan. Mil. av. 4-asrdan Gandhara Mauriyalar imperiyasi va b. davlatlar, mil. 1—3-asrlarda esa Kushon podsholigi tarkibida boʻlgan. Kushonlar davrida bu hududda vujudga kelgan yuksak, oʻziga xos badiiy sanʼat maktabi Gandhara nomi bilan atalgan. Bu sanʼat Oʻrta, Markaziy va Sharqiy Osiyo xalqlarining oʻrta asr sanʼati taraqqiyotiga sezilarli taʼsir kursatgan (qarang Gandhara sanʼati).
Adabiyotlar
[edit | edit source]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |