Kontent qismiga oʻtish

Farid Usmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farid Usmon
Tavalludi 1-avgust 1946-yil[1]
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari

Farid Usmon (1946-yil 1-avgust, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – taniqli sovet oʻzbek yozuvchisi, shoiri va dramaturgi[2]. Koʻplab kitoblar va sheʼriy toʻplamlar muallifi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. „Doʻstlik ordeni“ sohibi[3]. Hozirda „Kelajak“ gazetasida muharrir[4].

Andijon davlat pedagogika institutining (hozirda Andijon davlat universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan (1964)[2]. Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Dunyo adabiyoti institutida tashkil etilgan kurslarda tinglovchi boʻlib qatnashgan[4] (1987–1989).

„Umid gulzori“ (1976), „Navosiz navo“ (1978), „Ul qaro koʻz boʻlmasa …“ (1979), „Sochlaringda tun uyqusi“ (1890), „Qadr kechasi“, „Jon qushi“ (1997), „Men kichikmas kattaman“, „Bir juft binafsha“, „„Oq oltin“ga koʻk chiroq“ sheʼriy toʻplamlari va „Ruh bulbuli“ (2009), „Husn dovoni“ (2006), „Yangi oy“ (2011), „Meni sev“ (2011) kitoblari muallifi[2].

Oʻzbekison teatrlari sahnalarida uning „Shahzod“, „Hovlidagi hangoma“ va boshqa dramatik asarlari sahnalashtirilgan[2]. „Oʻshal damlar“ qoʻshigʻi Farid Usmon sheʼriga kuy bastalab ijro etilgan.

  1. 1,0 1,1 „Рубрика: Фарид Усмон (1946)“ (ru). ziyouz.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Клуб выпускников“ (ru). adu.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  3. Ubaydullayev, F. „Ikki buyuk dahoga taʼzim“. uza.uz (2021-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  4. 4,0 4,1 „Фарид Усмон“ (ru). ferlibrary.uz (2021-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.