Kontent qismiga oʻtish

Bradford

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bradford — Buyuk Britaniyadagi shahar, Angliyada. Aholisi 460 ming kishidan ziyod. Bradford tuguni. Jun (movut) sanoatining yirik markazi. Mashinasozlik (jumladan, toʻqimachilik va elektrotexnika mashinalari), tikuvchilik, poligrafiya, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet bor. 14—18-asrlar meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil