Jump to content

Antonio Adán

From Vikipediya
Antonio Adan
Adan 2019-yil Atletiko Madrid klubi tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Antonio Adán Garrido[1]
Tavallud sanasi 13-may 1987-yil (1987-05-13) (37 yosh)[2]
Tavallud joyi Madrid, Ispaniya[2]
Boʻyi 1.90 m (6 ft 3 in)[2]
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997—2004 Real Madrid
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2006 Real Madrid C 51 (0)
2006—2010 Real Madrid B 84 (0)
2010—2013 Real Madrid 7 (0)
2013—2014 Cagliari 2 (0)
2014—2018 Betis 160 (0)
2018—2020 Atlético Madrid 2 (0)
2020—2024 Sporting CP 118 (0)
Milliy terma jamoa
2002 Ispaniya U16 5 (0)
2002—2005 Ispaniya U17 19 (0)
2006 Ispaniya U19 8 (0)
2007 Ispaniya U20 6 (0)
2007 Ispaniya U21 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Antonio Adan Garrido (ispancha: Antonio Adán Garrido; 1987-yil 13-mayda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, darvozabon sifatida oʻynaydi.

Antonio faoliyatining dastlabki qismida „Real Madrid“ klubi akademiyasda taʼlim olgan va klubning asosiy jamoasida zahira darvozaboni sifatida oʻynagan. Keyinchalik faoliyatining katta qismini „Betis“ klubi tarkibida oʻtkazgan. 2018-yil Atletiko Madrid jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2013—2014-yillarda Italia A Seriyada ishtirok etgan „Kalyari“ klubi tarkibida oʻynagan. 2020—2024-yillarda Portugaliyaning „Sporting CP“ klubi safida oʻynagan va jamoa bilan birgalikda ikki marta Primeira chempionligini qoʻlga kiritgan.

Antonio Ispaniyaning turli yoshdagi tarma jamoalari safida jami 39 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Klubdagi faoliyati

[edit | edit source]

„Real“ning tarbiyalanuvchisi boʻlmish [3] Adan klubning uchinchi jamoasiga 2005-yili qoʻshildi. 2006-yilda asosiy jamoa bilan AQShga mavsumoldi safarga bordi.

2009-yilda Xorxe Kodina „Xetafe“ jamoasiga oʻtib ketgani bois birinchi jamoaga chaqirildi.

Antonio asosiy jamoadagi oʻz debyutida 2010-yil 8-dekabrda „Oser“ jamoasiga qarshi jarohat olgan Jerzy Dudek oʻrniga maydonga tushdi. Ispaniya chempionatidagi debyutini 2011-yil 13-fevraldagi „Espanyol“ga qarshi kechgan oʻyinda oʻyindan chetlatilgan Iker Casillas oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazdi. Ushbu oʻyinda u gol oʻtkazmadi va bosh murabbiy Jose Mourinhoning maqtoviga sazovor boʻldi[4]. Keyingi turda esa asosiy tarkibda „Levante“ga qarshi maydonga tushib, 90 daqiqa oʻynadi.

2012-yil 5-mayda Ispaniya chempionatining 37-turida „Granada“ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, oʻyinni toʻliq oʻtkazdi. Adan bittagina gol oʻtkazib yubordi. Oʻsha uchrashuvda „Real“ 0:1 hisobida yutkazayotgan holda hisobni tenglashtirib, biroz oʻtib yana bitta gol urgan holda gʻalabaga erishdi (2:1).

Xalqaro faoliyati

[edit | edit source]

Adan 2006-yili oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti

[edit | edit source]

Antonioning kumiri Pako Buyo hisoblanadi. U har doim maydonga chap oyogʻi bilan chiqib keladi[5].

Manbalar

[edit | edit source]
  1. „Acta del partido celebrado el 18 de mayo de 2019, en Valencia“ [Minutes of the match held on 18 May 2019, in Valencia] (es). Royal Spanish Football Federation (2019-yil 18-may). 2020-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Antonio Adán“. Eurosport. Qaraldi: 2021-yil 24-yanvar.
  3. Otra perla con guantes ; El País, 23 avgusta 2010
  4. Joze Mourinyu: „Vsya Ispaniya dumala, chto nam ne udastsya pobedit“ sports.ru
  5. Antonio Adan Garrido realmadrid.com

Havolalar

[edit | edit source]