Admiralteystvo
Appearance
Admiralteystvo:
1) (eski maʼnosi) kemalar quriladigan, qurollantiriladigan va taʼmirlanadigan joy;
2) flotni boshqarish idorasi. Rossiyada 1718-yil tashkil etilgan Admiralteystvo kollegiyasi 1802-yildan boshlab Dengiz Kuchlari vazirligi deb atalgan. 1827-yil u Admiralteystvolar kengashiga aylantirilib 1917-yilgacha mavjud boʻlgan. Angliyada Admiralteystvo hozirga qadar mavjud;
3) Sankt-Peterburg meʼmorligining mashhur namunasi hisoblangan bino. 1704-yil Pyotr I tomonidan qurdirilgan. Admiralteystvo rus ustalari F. F. Shchedrin, I. I. Terebenyov va boshqalarning nodir haykaltaroshlik asarlari bilan bezatilgan;
4) Buyuk Britaniyada harbiy-dengiz kuchlarini boshqaruvchi va qoʻmondonlik qiluvchi oliy organ.[1]
Manbalar
[edit | edit source]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |