Kontent qismiga oʻtish

Barno Isxoqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Barno Isxoqova
Tavalludi Baxmal Beraxovna Isxaqova
12-may 1927-yil
Vafoti 7-sentyabr 2001-yil(2001-09-07)
(74 yoshda)
Ramla, Isroil
Janrlar Shashmaqom, folklor
Kasbi Musiqachi
Faoliyat yillari 1945-2001
Fuqaroligi SSSR va Tojikiston

Barno Isxoqova (tojikcha: Барно Исҳоқова forscha: برنا اسحاقوا, ruscha: Барно Исхакова; 1927-yil 12-may, Toshkent — 2001-yil 7-sentyabr, Isroil) —tojikistonlik sovet va Buxoro yahudiylari musiqachisi.

Isxaqova Buxoro yahudiylari Berax va Reychel Isxaqovlar oilasida tavallud topgan. 1941—1943-yillarda Toshkentdagi 24-son o‘rta maktabda kutubxonachi, 1943—1945-yillarda O‘zbekiston SSR radiosi xorida xonanda bo‘lib ishlagan. U professional Shashmaqom ijrochisi bo‘lgan birinchi ayol hisoblanadi[1]. Ikkinchi jahon urushidan soʻng u turmush oʻrtogʻi bilan Stalinobodga (Dushanbe) koʻchib keldi va u yerda qoʻshiqchi sifatida faoliyat olib bordi, 1950-yildan Tojikiston SSR radio boʻlimi solisti boʻlib ishladi. Barno Isxoqova ayni paytda Markaziy Osiyo va Tojikiston tarixidagi eng buyuk zamonaviy ayol xonandalardan biri sanaladi.

Uning birinchi qoʻshigʻi — „Alloh“ Milliy mukofotga sazovor boʻlgan. Isxoqova anʼanaviy Shashmaqom qoʻshiqlarini tojik va oʻzbek tillarida va boshqa rus qoʻshiqlarini, shuningdek, ona tili buxoriy (yahudiy-tojik tili) tillarida ijro etishi bilan juda mashhur boʻldi[2]. U tojik musiqasining Shashmaqom anʼanasi malikasi sifatida tanilgan. U radio va televideniyeda[3] tojik sovet davrining Neriyo Aminov, Rafael Tolmasov, Shoista Mullojonova, Hanifa Mavlianova, Rena Galibova, Ahmad Boboqulov va boshqalar kabi mashhur ijrochilari bilan yonma-yon kuylagan[1].

1980-yildan Isxakova Dushanbedagi Tojikiston davlat sanʼat institutining Sharq musiqasi kafedrasi katta oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Sovet tojik yozuvchisi Sadriddin Ayniy uning qoʻshiq kuylaganini eshitib, uni „Ayollar orasida Levicha“ deb atagan, chunki Levi (Levicha) Babaxonov XX asr boshlarida Buxoroning soʻnggi amiri oldida chiqish qilgan mashhur buxorolik yahudiylar anʼanaviy qoʻshiqchisi boʻlgan[4].

U Tojikiston Milliy musiqa arxivida saqlanayotgan „Shashmaqom“ turkumining butun yozilishida ishtirok etgan[5].

Barno Isxoqova va Isroel Badalbayevning besh farzandi bor edi: Sofiya, Olga, Tamara, Berta va Roman. Qizi Sofiya Badalbayeva Isroilda yashaydi, shuningdek, Shashmaqom ijrochisi[6].

Keyingi hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1992-yilda Tojikistondagi fuqarolar urushi[3] va SSSR parchalanishidan keyin islom fundamentalizmining kuchayishi sababli oilasi bilan Isroilga koʻchib keldi va 2001-yil 7-sentyabrda Isroilning Ramla shahrida vafot etdi.

U eri bilan birga Quddusdagi Har HaMenuchot qabristoniga dafn etilgan.

Mukofot va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Tojikiston SSRning Rudakiy nomidagi Davlat mukofoti, Mehnat Qizil Bayroq[7], Shon-sharaf belgisi ordenlari va Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan va xalq artisti unvoniga sazovor boʻlgan[8].

2017-yil may oyida Petax Tikva shahri koʻchasiga uning nomini berildi.

  1. 1,0 1,1 ברנו יצחקובה (Wayback Machine saytida 2023-01-27 sanasida arxivlangan). Bukharan Museum of Israel
  2. „PAYRAVI MAKTABI BARNO ISHOQOVA“. 2023-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
  3. 3,0 3,1 Ellingham, Mark. The Rough Guide to World Music. Google Books
  4. Ҷӯrabek Nabiev: "Holo shavqi surudxonӣ dar dilam namurdaast. Radio Ozodi
  5. Jurakhon Obidpur. Lugʻatnomai tafsirii musiqӣ / zeri nazari B.Qobilova. — Dushanbe: Arjang, 2019. — S.159-160. — 480 s. ISBN 978-999-47-43-90-2
  6. Suhbat bo Sofiya Badalboeva, ovozxoni toҷiki isroilӣ. BBC
  7. Uzbekistan. Da'at
  8. Ҷӯrabek Nabiev: "Holo shavqi surudxonӣ dar dilam namurdaast. Radio Ozodi