Kontent qismiga oʻtish

Andijon (futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andijon PFK
Toʻliq nomi Andijon professional futbol klubi
Laqabi Burgutlar
Asos solingan 1964-yil
Stadion Bobur arena
Stadion hajmi 18.600
Egasi UzAvtoMotors
Prezidenti Oʻzbekiston Ulugʻbek Mirzayev
Murabbiyi Rossiya Aleksandr Xamyakov
Sardori Oʻzbekiston Ildar Mamatkazin
Homiysi UzAutoMotors
Musobaqasi Super liga
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Andijon PFK (Andijon professional futbol klubi) — Oʻzbekiston Professional futbol ligasi vakili, Andijon viloyati sharafini himoya qiladi[1]. 2024-yilda o‘tkazilgan Oʻzbekiston Kubogi sohibi.

1964—1967, 1989—1990-yillari „Spartak“, 1969—1974-yillari „Andijanets“, 1983—1985-yillari „Toʻqimachi“, 1986—1988-yillari „Paxtakor“, 1991—1996-yillari „Navroʻz“ va 1997-yildan boshlab „Andijon“ nomlari ostida chempionatlarda ishtirok etishni boshlagan. 1964—1970, 1973—1974, 1986—1991-yillari Sovet Sotsialistlik Respublikalar Ittifoqi chempionatida ishtirok etgan. Klub 1992-yildan 2004-yilgacha Oliy ligada, 2005-yilda Birinchi ligada ishtirok etgan. 2006-yili klub yana Oliy ligaa qaytgan. 2008-yilda oʻz tarixidagi eng yaxshi natija, Oliy ligada 5-oʻrinni qoʻlga kiritgan[2]. 2012-yilgi mavsum so'ngida esa jamoa Oliy ligani tark etgan va navbatdagi bir mavsumni birinchi ligada oʻtkazgan. 2015-yilgi mavsumni 13-pogʻonada yakunlagan.

2012-yil 22-avgustda klub Oliy ligadagi oʻz oʻrnini saqlab qolishiga yordam berish uchun, Azamat Abduraimovni bosh murabbiy sifatida tayinlagan. Klubdagi o'zgarishlar natija bermagan va jamoa Oʻzbekiston birinchi ligasiga tushib ketgan. Klub navbadagi mavsum, Oʻzbekiston birinchi ligasida ikkinchi oʻrinni egallab, yana Oliy Ligaga qaytgan. 2013-yilgi mavsumning birinchi yarmidan soʻng „Andijon“ atigi 4 ochko bilan chempionatda 14-oʻrinda edi. 2014-yil 14-iyun kuni „Bunyodkor“ga qarshi oʻyinda 1:2 hisobida magʻlub boʻldi. Oradan bir necha kun oʻtib, 2014-yil 20-iyunda Azamat Abduraimov isteʼfoga chiqqan. Klubga vaqtinchalik Ildar Mamatkazin bosh murabbiy etib tayinlangan. 2014-yil 26-sentyabrda Edgar Gess klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan.

  • 1964—1967: Spartak
  • 1969—1974: Andijanets
  • 1983—1985: Toʻqimachi
  • 1986—1988: Paxtakor (Andijon)
  • 1989—1990: Spartak (Andijon)
  • 1991—1996: Navroʻz
  • 1997—2005: Andijon
  • 2006-yil: Andijon UzDEU avto
  • 2008—h. v.: Andijon

Mahalliy tarix

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Liga Oʻzbekiston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Pos. Oʻyin D M UG OʻG O Ism Liga
1992 1 7 32 12 9 11 45 45 33 1/4 Final Oʻzbekiston Furqat Esonboyev 11 Oʻzbekiston Karim Moʻminov

Oʻzbekiston Vladimir Jukovskiy

1993 1 7 30 11 8 11 43 41 30 1/4 Final Oʻzbekiston Karen Safarov 9 Oʻzbekiston Vladimir Jukovskiy
1994 1 11th 30 11 3 16 34 50 25 1/8 Final Oʻzbekiston Igor Golovanov 12 Oʻzbekiston Iskandar Galiulin
1995 1 8 30 10 7 13 38 43 38 1/16 Final Oʻzbekiston Qahramon Abduqodirov 10 Oʻzbekiston Iskandar Galiulin
1996 1 8th 30 11 8 11 44 51 41 Playoff Round Oʻzbekiston Qahramon Abduqodirov 9 Oʻzbekiston Iskandar Galiulin

Oʻzbekiston Bahrom Hakimov

1997 1 12th 34 11 6 17 54 62 39 1/8 Final Oʻzbekiston Otabek Qilichev 11 Oʻzbekiston Viktor Borisov

Ukraina Sergey Shevchenko

1998 1 9 30 12 4 14 59 58 40 1/16 Final Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev 9 Ukraina Sergey Shevchenko
1999 1 6 30 12 7 11 53 50 43 Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev 24 Ukraina Sergey Shevchenko

Rossiya Boris Lavrov

2000 1 8th 38 15 10 13 82 62 55 1/16 Final Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev 33 Oʻzbekiston Iskandar Galiulin
2001 1 7 34 15 3 16 64 58 48 1/8 Final Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev 25 Oʻzbekiston Iskandar Galiulin
2002 1 11th 30 9 6 15 43 61 33 1/4 Final Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev 22 Oʻzbekiston Iskandar Galiulin
2003 1 7 30 11 6 13 38 36 39 Playoff Round Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev 8 Tojikiston Hakim Fuzaylov
2004 1 14 26 6 1 19 30 68 19 1/8 Final Oʻzbekiston Shuhrat Yusupov 8
2005 2nd 1 34 27 3 4 85 20 84 1/8 Final Oʻzbekiston Yodgor Akbarov 26
2006[3] 1 10 30 10 5 15 46 52 35 1/16 Final Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev 17 Germaniya Edgar Gess
2007 1 10 30 10 5 15 37 45 35 1/4 Final Oʻzbekiston Baxtiyor Hamidullayev

Oʻzbekiston Doniyor Hamidullayev

6 Germaniya Edgar Gess

Rossiya Ishtvan Sekech

Oʻzbekiston Orif Mamatkazin

2008 1 5 30 13 7 10 35 28 46 1/8 Final Gruziya Levan Mdivnishvili 11 Rossiya Vladimir Bondarenko

Oʻzbekiston Orif Mamatkazin

2009 1 7 30 10 9 11 47 48 39 1/8 Final Oʻzbekiston Shuhrat Mirxoldorshoyev 9 Oʻzbekiston Orif Mamatkazin
2010 1 7 26 9 7 10 28 29 34 1/4 Final Oʻzbekiston Shuhrat Mirxoldorshoyev 11 Ukraina Amet Memet
2011 1 12th 26 7 7 12 29 43 28 1/8 Final Oʻzbekiston Lochinbek Soliyev 11 Oʻzbekiston Orif Mamatkazin

Rossiya Aleksandr Averyanov

2012 1 14 26 4 4 18 28 52 16 1/4 Final Rossiya Vladimir Shishelov 7 Rossiya Aleksandr Averyanov

Oʻzbekiston Azamat Abduraimov

2013 2nd 2nd 30 23 2 5 76 24 71 1/16 Final Oʻzbekiston Lochinbek Soliyev 15 Oʻzbekiston Azamat Abduraimov
2014 1 14 26 3 3 20 18 50 12 1/8 Final Oʻzbekiston Abdulatif Abduqodirov

Oʻzbekiston Aziz Ibragimov

3 Oʻzbekiston Azamat Abduraimov

Oʻzbekiston Orif Mamatkazin

Ukraina Sergey Shevchenko

Germaniya Edgar Gess

2015 1 13 30 8 4 18 27 56 28 1/8 Final Oʻzbekiston Anvar Berdiyev 7 Germaniya Edgar Gess

Oʻzbekiston Sergey Kovshov

2016 1 16 30 6 5 19 20 50 23 1/4 Final Serbiya Nemanja Jovanović 5 Oʻzbekiston Sergey Kovshov

Oʻzbekiston Baxtiyor Ashurmatov

Oʻzbekiston Orif Mamatkazin

2017 2nd 3rd 34 21 9 4 73 32 72 II-bosqich Oʻzbekiston Shahboz Jumaboyev 15 Oʻzbekiston Vitaliy Legay

Oʻzbekiston Usmon Toshev

2018 2nd 12th 32 18 9 5 57 29 63 1/4 Final Oʻzbekiston Shahboz Jumaboyev 17 Oʻzbekiston Eldor Sakayev
2019 1 10 26 6 10 10 23 37 28 1/8 Final Oʻzbekiston Shaxzod Ubaydullaev 9 Oʻzbekiston Eldor Sakayev

Rossiya Aleksandr Xomyakov

2020 1 13 26 2 10 14 16 38 16 1/8 Final Oʻzbekiston Jamshid Hasanov 5 Rossiya Aleksandr Xomyakov

Rossiya Viktor Kumikov

2021 1 13 26 4 7 15 22 41 19 Guruh bosqichi Oʻzbekiston Usmonali Ismonaliyev 5 Rossiya Viktor Kumikov
2022 2nd Oʻzbekiston Shahboz Erkinov 12 Rossiya Viktor Kumikov
2023 1 Albaniya Rubin Hebaj 12 Rossiya Aleksandr Xomyakov

Jamoa ramzlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolib (3): 2005-yil, 2018-yil, 2022-yil
Oʻzbekiston Superligasi 5-oʻrin 2008-yil

Birinchi jamoa tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 6-oktyabr holatiga ko‘ra[4]
Amplua Futbolchi
1  UZB DR Eldor Adhamov
4  BIH HM Ljubiša Pecelj
4  UZB HM Marlen Chobanov
5  UZB HM Abduvohid G‘ulomov
8  UZB YH Farhod Bekmurodov
9  GEO YH Levan Arveladze
10  UZB YH Ilhom Abdugʻaniyev
11  UZB YH Vagiz Galiulin
12  UZB DR Mohirbek Komilov
13  UZB YH Sardor Azimov
14  UZB HM Abdurahmon Komilov
15  SRB HM Vladimir Bubanja
17  UZB YH Farhod Sohibjonov
Amplua Futbolchi
18  UZB HJ Damir Temirov
19  KAZ YH Abinur Nurimbet
21  UZB HM Ildar Mamatkazin
26  UZB YH Muhammadkarim Toirov
28  UZB HM Islom Mamatkazin
31  UZB HJ Nuriddin Nuriddinov
35  SYR DR Maksim Sarraf
51  RUS HJ Luka Zgurskiy
66  UZB HM Ilhom Alijonov
71  UZB YH Bektemir Abdumannonov
72  UKR DR Igor Litovka
77  UZB HJ Rustam Turdimurodov
99  TJK HJ Shahrom Samiev

Oʻsmirlar jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Amplua Futbolchi
Amplua Futbolchi
2  UZB HM Izzatillo Abdurasulov
6  UZB YH Asilbek Aysarov
18  UZB HJ Saidmurod Karimov
20  UZB YH Abdulaziz Yusufjonov
23  UZB HM Abubakir Rajabboyev
24  UZB HM Azizbek Usmonov
25  UZB HM Asadbek Habibullayev
29  UZB YH Hojimurod Asqarov
30  UZB HM Abdulatif Oybekov
33  UZB HM Abbosbek Abdug‘afforov
41  UZB HM Mehriddin Adhamjonov
42  UZB YH Diyor Madaminov
Amplua Futbolchi
44  UZB HM Xabibullo Xabibullayev
50  UZB HJ Bekzodjon Nasimov
55  UZB HJ Oyatillo Obidjonov
57  UZB HM Akbarxoʻja No'monxoʻjayev
67  UZB HM Abdusamad Hamidjonov
70  UZB HJ Hamidullo Karimov
73  UZB HM Humoyun Husanboyev
80  UZB HM Omad Tursunaliyev
88  UZB YH Shohjahon Yorqinboyev
90  UZB DR Asilbek Tojiddinov
98  UZB YH Muhammaddiyor Mahmudov

Texnik xodimlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joriy murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Position Name
Bosh murabbiy Rossiya Aleksandr Xomyakov
Murabbiy yordamchisi Rossiya Artyom Petrosyan
Murabbiy yordamchisi Oʻzbekiston Elyorbek Rahmatullayev
Murabbiy Oʻzbekiston Asilbek Azizov
Darvozabonlar murabbiyi Oʻzbekiston Olimjon Qobiljonov

Bosh murabbiylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yillar boʻyicha

Yillar Bosh murabbiy
1964-yil Yevgeniy Valitskiy
1965 Sergey Budagov
1965—1966-yillar Vladimir Desyatchikov
1967—1983-yillar maʼlumotlar yoʻq
1973 Idgay Tazetdinov
1974 Vladimir Eremeev
1984-yil Aleksandr Averyanov
1985-yil maʼlumotlar yoʻq
1986—1987-yillar Aleksandr Averyanov
1988-yil maʼlumotlar yoʻq
1989-yil Birodar Abduraimov
1989-yil Igor Frolov
1990-yil Aleksey Petrushin
1990-yil Aleksey Stepanov
1991-yil Yuriy Hakimov
1991-yil Rustam Usmonov
1992-yil Karim Moʻminov
1992—1993-yillar Vladimir Jukovskiy
1994—1996-yillar Iskandar Galiulin
1996-yil Bahrom Hakimov
1997-yil Viktor Borisov
1997—1999-yillar Sergey Shevchenko
1999-yil Boris Lavrov
2000-2002 Iskandar Galiulin
2003-yil Hakim Fuzaylov
2004—2005-yillar maʼlumotlar yoʻq
2006—2007-yillar Edgar Gess
2007-yil Ishtvan Sekech
2007—2008-yillar Orif Mamatkazin
2008-yil Vladimir Bondarenko
2008—2009-yillar Orif Mamatkazin
2010-yil Amet Memet
2011-yil Orif Mamatkazin
2011—2012-yillar Aleksandr Averyanov
2012—2013-yillar Azamat Abduraimov
2014-yil Orif Mamatkazin
2014-yil Sergey Shevchenko
2014—2015-yillar Edgar Gess
2015—2016-yillar Sergey Kovshov
2016-yil Baxtiyor Ashurmatov
2017-yil Usmon Toshev
2018—2019-yillar Eldor Sakayev
2020-yil Aleksandr Xomyakov
2020-yil Baxtiyor Hamidulayev
2020-yil Otabek Gʻulomxoʻjayev
2020—2022 Viktor Kumikov
2023-yil Aleksandr Xomyakov

Muxlislar, raqiblar, derbilar, taxalluslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon mamlakatdagi eng katta muxlislar armiyasiga ega jamolardan biridir. „Andijon“ jamoasining deyarli har bir uy uchrashuvida 18600 tomoshabinga moʻljallangan „ Sogʻlom avlod“ stadioni toʻlib-toshgan.

„Andijon“ jamoasining asosiy raqiblari Fargʻonaning „Neftchi“ va Namanganning „Navbahor“ jamoalaridir. Bular Oʻzbekistonning bir-biriga tutashgan 3 ta demografik yirik viloyati – Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlarining (viloyatlarning) asosiy jamoalaridir.

Ularning barchasi Fargʻona vodiysida joylashgan boʻlib, u Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyoning eng unumdor va goʻzal maskanlaridan biri hisoblanadi.

Shunga koʻra, ushbu 3 klub oʻrtasidagi oʻyinlar nafaqat oʻz muxlislari, balki butun Oʻzbekiston futbol muxlislarida katta qiziqish uygʻotadi.

Bu uch jamoa toʻqnashuvi „Vodiy derbisi“ deb nomlanib, Sovet davridan qolgan.

„Andijon“ning muxlislar orasida laqablari koʻp. Eng keng tarqalganlari „Burgutlar“, „Andijonliklar“, „Avtomobisozlar“.


  1. Oʻzbekiston Super ligasi[sayt ishlamaydi]
  2. „АРХИВ. Ёмғир остида ўтган "Андижон" - "Бунёдкор" учрашуви“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  3. „АРХИВ. "Андижон" жамоасининг 2006 йилги таркиби“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  4. „Andijon“. Transfermarkt.com. Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.