Yevklid geometriyasi
Yevklid geometriyasi — miloddan avvalgi 3-asrda Yevklid izchil asoslagan geometriya. Parallellik aksiomasiga (toʻgʻri chiziqda yotmagan nuqta orqali shu toʻgʻri chiziq bilan kesishmaydigan faqat bitta toʻgʻri chiziq oʻtkazish mumkin, degan aksiomaga) hamda mutlaq geometriya aksiomalari sistemalari deb ataluvchi besh guruh (bogʻlanish, tartib, harakat, uzluksizlik, parallellikdan iborat) aksiomalarga asoslangan. Yevklid geometriyasi aksiomalar sistemalari nuqta, toʻgʻri chiziq, tekislik, harakat va nuqta, toʻgʻri chiziq va tekislik orasidagi munosabatlarga tayanadi. Yevklid geometriyasi birinchi marta izchil ravishda Yevklid „negizlari“da bayon etilgan. Yevklid geometriyasidan farqli geometriya birinchi marta rus geometri N. I. Lobachevskiy yaratdi. Yevklid geometriyasi oʻrta maktabda oʻqitiladi va „elementar geometriya“ deb ham ataladi.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Yevklid geometriyasi haqida turkum mavjud |
- „Yevklid geometriyasi“, Encyclopedia of Mathematics, EMS Press, 2001 [1994]