Salme Kann
Salme Kann | |
---|---|
Tavalludi |
31-yanvar 1881-yil |
Vafoti |
26-oktyabr 1957-yil (76 yoshda) Tartu, Estoniya |
Fuqaroligi | Estoniya |
Kasbi | Oʻqituvchi |
Otasi | Hans Kann |
Salme Kann (1881-yil 31-yanvar, Kanepi, Rossiya imperiyasi — 1957-yil 26-oktyabr, Tartu, Estoniya) — estoniyalik ovoz va xor oʻqituvchisi[1][2][3]. Maʼlum bir muddat hamshiralik bilan ham shugʻullangan.
Hayoti va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salme Kann Rossiya imperiyasining Livoniya gubernatorligiga qarashli Kanepi shahrida oddiy maktab oʻqituvchisi Hans Kann (1849—1932) va Liisa Kannlarning (1856-1936) oilasida tugʻilgan. Uning opasi Kallista Kann katta tilshunos olim boʻlgan. Salme Kann Sankt-Peterburg konservatoriyasida qoʻshiqchilik boʻyicha tahsil olgan. Unga konservatoriyada 1902-yildan 1904-yilgacha Elizaveta Fyodorovna Zwanziger, 1904-yildan 1906-yilgacha boʻlgan davrda Carolina Ferni, 1906-yildan 1907-yillar mobaynida esa Theodor Leschetizky ustozlik qilgan. U konservatoriyani 1908-yilda muvaffaqqiyatli bitirib oldi[4][5]. Keyinchalik esa 1908-yilda Milan, 1909-yildan 1910-yilgacha Florensiya shaharlarida ham taʼlim oldi[1].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salme Kann 1911-yilda yana Estoniyaga qaytib keldi. Birinchi jahon urushi paytida u Moskva, Voronej va Penza kabi shaharlarda hamshira boʻlib ishladi. 1920-yildan boshlab esa Tartu shahrida yashay boshladi. 1920—1930-yillarda Tartuda qoʻshiqchilik boʻyicha shaxsiy oʻqituvchisi boʻlib ishladi[3]. 1926-yilda u Tartu ayollar uyushmasida Valgelindi ayollar xoriga asos soldi va uning rahbari boʻlib ishlay boshladi. 1928-yilda esa Salme Kann boshchiligida Tartu ayol qoʻshiqchilari jamiyati tashkil topdi[1].
Salme Kann 1940-yildan 1957-yilgacha Tartu shahridagi musiqa maktabida mumtoz musiqa oʻqituvchisi boʻlib ishladi[1][5][6]. 1944-yil 25-avgustdan 8-oktyabrgacha esa vaqtinchalik maktab direktori vazifasini bajarib turdi[7]. Salme Kann oʻz faoliyati davomida Margarita Miglau, Kalmer Tennosaar va Hele Rahn kabi mashhur shogirdlar chiqardi[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Ainsoo, Lembit; Ainsoo, Uno. 1000 tartlast läbi aegade. Tartu: MTÜ Liivimaa Mälu, 2003 — 148-bet.
- ↑ „Tähtpäevi jaanuaris 4.“. Koit (2011-yil 22-yanvar), s. 16. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 Eelhein, Ela. Eesti muusika biograafiline leksikon. Tallinn: Valgus, 1990 — 71-bet.
- ↑ Tamul, Sirje. Vita academica, vita feminea: artiklite kogumik. Tartu: Tartu Ülikooli Kirjastus, 1999 — 190-bet.
- ↑ 5,0 5,1 Ида, Оскар. Эстонские были. Narva: Sata, 2007 — 207-bet.
- ↑ „Erna Saare mälestusi“. Heino Elleri Muusikakool. Tartu: Heino Elleri Muusikakool. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
- ↑ „Ajalugo: Direktorid“. Heino Elleri Muusikakool. Tartu: Heino Elleri Muusikakool. Qaraldi: 2023-yil 26-noyabr.
- ↑ Kutsch, Karl-Josef; Riemens, Leo. Großes Sängerlexikon, vol. 4. Munich: K. G. Saur, 2003 — 3119-bet.