Kontent qismiga oʻtish

Conor Casey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Conor Casey
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Conor Patrick Casey
Tavallud sanasi 25-iyul 1981-yil (1981-07-25) (43 yosh)
Tavallud joyi Dover, New Hampshire, AQSh
Boʻyi 6 ft 2 in (1.88 m)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2001 Borussia Dortmund II 23 (14)
2001—2004 Borussia Dortmund 4 (1)
2001—2002Hannover 96 (ijara) 19 (7)
2003—2004Karlsruher SC (ijara) 30 (14)
2004—2006 Mainz 05 40 (3)
2006 Mainz 05 II 2 (1)
2007 Toronto FC 2 (0)
2007—2012 Colorado Rapids 119 (50)
2013—2015 Philadelphia Union 70 (21)
2016 Columbus Crew SC 4 (0)
Milliy terma jamoa
2001 AQSh U20 3 (0)
2000 AQSh U23 9 (0)
2004—2010 AQSh 19 (2)
Boshqargan klublari
2017—2019 Colorado Rapids (assistent)
2019 Colorado Rapids (vaqtinchalik)
2021—2022 Charleston Battery
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Conor Patrick Casey (talaffuzi: Konor Keysi; 1981-yil 25-iyulda tugʻilgan) — amerikalik sobiq futbolchi. 16 mavsum davomida oʻynagan va faoliyatini Columbus Crew SCda yakunlab va shu klub murabbiyi boʻlgan.

Ilk faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Casey Hampshireda tugʻilgan, lekin besh yoshida Koloradoga koʻchib oʻtgan. Denverni oʻzining ona shahri deb biladi. 1999-yildan 2000-yilgacha Portlend universitetida ikki yil futbol oʻynagan. Portlend universitetining birinchi yilida Casey yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2000-yilda yigirma uchta gol va yettita golli uzatma bilan NCAAda yetakchi boʻlgan[1].

2000-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida yaxshi oʻynagan Casey Germaniyaning Dortmundning „Borussia“ klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Klub bilan bir yil oʻynaganidan soʻng, Casey 2001—2002-yilgi mavsumda „Hannover 96“ga ijaraga berildi va u yerda oʻn toʻqqizta oʻyinda yettita gol urdi. Keyingi yili Casey Dortmundda qoldi, lekin faqat toʻrtta oʻyinda oʻynadi va bitta gol urdi. 2003—2004-yillarda ikkinchi divizion klubi Karlsruher SCga ijaraga berildi va oʻttizta oʻyinda oʻn toʻrtta gol urdi. 2004-yilda Casey Bundesliganing „1. FSV Mainz 05“ klubi bilan shartnoma imzoladi, ammo klub bilan ikki yarim mavsum davomida atigi ikkita gol urdi.

Casey 2001-yilda Argentinada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻynagan. 2009-yilgi Konfederatsiyalar kubogidagi bir nechta oʻyinlarda Qoʻshma Shtatlar safida ishtirok etgan. Casey 2009-yil 10-oktyabrda Gondurasning San-Pedro-Sula shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionati saralash oʻyinida Gonduras darvozasiga ikki marta gol urdi. Casey bir ovozdan „Oʻyinning eng yaxshi odami“ deb topilgan[2].

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 26-yanvarida Casey Colorado Rapids tomonidan murabbiy yordamchisi sifatida ishga qabul qilindi. 2019-yilning 1-may kuni bosh murabbiy Anthony Hudson ishdan boʻshatildi va Casey vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi[3].

2021-yil dekabr oyida Casey USL chempionati vakili Charleston Battery jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida eʼlon qilindi va klub tarixidagi oltinchi bosh murabbiyga aylandi[4]. Charleston va Casey 2022-yil 12-oktyabrda oʻzaro kelishuvga erishdilar[5].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar:[6]

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Borussia Dortmund II 2000—2001 Regionalliga Nord 10 2 - - - 10 2
2001—2002 Oberliga Westfalen 13 12 - - - 13 12
Jami 23 14 0 0 0 0 0 0 23 14
Borussia Dortmund 2001—2002 Bundesliga 0 0 0 0 0 0 - 0 0
2002—2003 Bundesliga 4 1 0 0 0 0 - 4 1
2003—2004 Bundesliga 0 0 0 0 0 0 - 0 0
Jami 4 1 0 0 0 0 0 0 4 1
Hannover 96 (loan) 2001—2002 2. Bundesliga 19 7 1 0 - - 20 7
Karlsruher SC (loan) 2003—2004 2. Bundesliga 30 14 2 0 - - 32 14
Mainz 05 2004—2005 Bundesliga 28 2 2 2 - - 30 4
2005—2006 Bundesliga 10 1 0 0 0 0 - 10 1
2006—2007 Bundesliga 2 0 0 0 - - 2 0
Jami 40 3 2 2 0 0 0 0 42 5
Mainz 05 II 2006—2007 Oberliga Südwest 2 1 - - - 2 1
Toronto FC 2007 MLS 2 0 - - - 2 0
Colorado Rapids 2007 MLS 15 2 2 0 - - 17 2
2008 21 11 1 1 - - 22 12
2009 24 16 0 0 - - 24 16
2010 27 13 0 0 - 4 2 31 15
2011 14 6 0 0 0 0 0 0 14 6
2012 18 2 0 0 - - 18 2
Jami 119 50 3 1 0 0 4 2 126 53
Philadelphia Union 2013 MLS 31 10 2 0 - - 33 10
2014 25 8 3 1 - - 28 9
2015 14 3 2 0 - - 16 3
Jami 70 21 7 1 0 0 0 0 77 22
Columbus Crew SC 2016 MLS 4 0 0 0 - - 4 0
Jami faoliyati 313 111 15 4 0 0 4 2 332 117

Manba:[7]

Qoʻshma Shtatlar
Yil Ishtirok Gollar
2004-yil 6 0
2005-yil 2 0
2006-yil 0 0
2007-yil 0 0
2008-yil 1 0
2009-yil 8 2
2010-yil 2 0
Jami 19 2
Xalqaro gollar
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2009-yil 10-oktyabr Estadio Olímpico Metropolitano, San-Pedro Sula, Gonduras  Honduras
1–1
3-2 2010 FIFA Jahon chempionati saralashi
2.
2–1
20-dekabr, 2021-yilgi holat boʻyicha
Jamoa Mamlakat Boshlash Tugash Natija
D M GF GA GD Gʻalaba %
Colorado Rapids (vaqtinchalik) Qoʻshma Shtatlar 1.05.2019 25.08.2019 19 7 5 7 33 32 +1 036.84
Charleston Battery Qoʻshma Shtatlar 20.12.2021 Hozirgacha 23 3 4 16 27 52 −25 013.04
Jami 42 10 9 23 60 84 −24 023.81

Colorado Rapids

Qoʻshma Shtatlar

Individual

  1. „Conor Casey“. ESPN FC. 2012-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-yanvar 2013-yil.
  2. „Kick Started“. Outside Online May 2010 Issue. 2010-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-may 2010-yil.
  3. „Anthony Hudson relieved of duties, Conor Casey named interim head coach“. Colorado Rapids (1-may 2019-yil). Qaraldi: 1-may 2019-yil.
  4. „Battery Name Conor Casey Head Coach“. charlestonbattery.com (20-dekabr 2021-yil). 20-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-noyabr 2022-yil.
  5. „Charleston Battery and Conor Casey Mutually Agree to Part Ways“. USLChampionship.com. Qaraldi: 12-oktabr 2022-yil.
  6. „Conor Casey at WorldFootball.net“. WorldFootball.net. HEIM:SPIEL Medien GmbH & Co. KG. Qaraldi: 25-yanvar 2019-yil.
  7. Conor Casey National-Football-Teams.com saytida