Kontent qismiga oʻtish

Vikiturlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Favicon of Wikipedia Vikiturlar
Vikiturlar logosi
Web-manzil species.wikimedia.org
Interwiki species:
Asosiy boʻlim Koʻp tilli
Asos solingan sana 2004-yil 14-sentyabr
Asoschi Benedikt Mandl (2004-yilda loyohani taklif qilgan); Jimmy Wales hamda Vikimedia jamoati
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Vikiturlar (viki va turlar soʻzlarining birikmasi) (inglizcha: Wikispecies) — biologik turlarning erkin katalogini tuzish maqsadida yaratilgan loyiha. Vikipediya singari Vikiturlar ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan tuziladi. Loyiha koʻproq olimlar uchun moʻljallangan.

Jimmy Wales tahrirchilar ilmiy darajalarini tasdiqlovchi hujjatlarni faks orqali joʻnatishlari shart emasligini, ammo qilingan tahrirlar maxsus auditoriyalar tekshiruvidan oʻtishi kerakligini aytgan.[1][2] Vikiturlardagi maʼlumotlardan GNU Free Documentation License va CC BY-SA 3.0 litsenziyalari boʻyicha foydalanish mumkin.

Vikiturlarga 2004-yilning sentyabr oyida asos solingan. Loyihani boyitish uchun butun dunyodagi biologlar yordamga chaqirilgan.[3] 2005-yilning aprel oyiga kelib Vikiturlarda Carl Linnaeus klassfikatsiyasiga asoslangan taksonomiya tuzib chiqildi va har bir tur haqidagi Vikipediya maqolasiga linklar qoʻshildi.[2]

  1. „Calling all taxonomists“. Science. 307-jild, № 5712. 2005. 1021-bet. doi:10.1126/science.307.5712.1021a.
  2. 2,0 2,1 „WikiSpecies“. Sigma Xi (25-aprel 2005-yil). 2005-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2014-yil.
  3. Peplow, Mark (2005). „Species list reaches half-million mark“. Nature. doi:10.1038/news050314-6.