Nuadu
Nuadu (qadimiy irlandcha: Nuada, Nuadu[1]), Argetlam nomi bilan ham tanilgan (qadimiy irlandcha Airgetlám[2] ― „Kumush qoʻl“), irland keltlari mifologiyasida, Tuata De Danann xudolarning qiroli va rahbari[3]. Mag Tuiredning birinchi jangida u hech kim qochib qutula olmaydigan sehrli qilichga ega boʻlishiga qaramay, qoʻlidan ayrildi[4][5]. Jismoniy nuqsoni boʻlgan xudo Tuata De Danann urugʻi xudolarining shohi boʻla olmagani uchun Nuada taxtdan voz kechib, uni Bresga berishga majbur boʻldi. Keyinchalik, tabib-xudo Dian Keht unga kumush qoʻl yasab berdi, shuning uchun Nuada Argetlamh („Kumush qoʻl“) laqabini oldi. Shundan soʻng Bres taxtdan agʻdarildi va Nuada yana shoh boʻldi. Keyingi yuzaga kelgan urushda, Nuada Balordan qoʻrqib, hokimiyatini Lugga topshirdi va u Balorni jangda oʻldirdi.
Baʼzan Gallik Tevtat (musaffo osmon xudosi) bilan tenglashtiriladi. U urush xudosi kabi Gellik Zevs rolini oʻynadi, chunki urushda gʻalaba osmon inoyatining asosiy namoyoni hisoblangan barcha xalqlar orasida urush xudosi doimo panteonda ustun mavqeni egallagan. Bu xudo Tuata De Danann urugʻining toʻrtta asosiy xazinalaridan biri boʻlgan yengilmas qilichga ega boʻlib, ikki marta uning hukmdori hisoblangan. Uning nomi Britaniya orollaridagi joy nomlarida doimo uchraydi. Unga ehtirom inson qurbonligi bilan koʻrsatilar edi va buni xudo saxiylik ila umr yoʻldoshlari bilan baham koʻrgan. Uning umr yoʻldoshlari beshta maʼbuda — Badb, Nemain, Fi, Maha, Morrigan edi.
Uelsda u Nudd nomi bilan hurmatga sazovor boʻlgan. Rim Britaniyasida suvlar va buloqlarni xurmat qilish va sigʻinish bilan bogʻliq boʻlgan Nodons (Nodens) xudosi tanilgan[6][7]. Bir qator atributlarda va tegishli syujetlarda (bir qoʻl, qirollik unvonini yoʻqotish, atribut sifatida qilich) u Skandinaviya Tyuriga juda yaqin. Oldinroq J. Dyumézil va undan keyin boshqa tadqiqotchilar irland mifologik anʼanalaridagi Balor-Nuada juftligini Rim va nemis mifologemalari (bir koʻzli va bir qoʻlli xudolar — Tyur va Odin) bilan bogʻladilar[8].
V.P.Kaliginning fikricha, „Nuadu“ nomi „bermoq“ feʼlidan „yangi“ sifati bilan birgalikda sifatdoshdir (*neuo-dont-s — „yangilanish“)[9].
Madaniyatda koʻrsatgan taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nodensning lotinlashtirilgan shakli Ktulhu afsonalaridagi qahramonlardan birining nomiga aylandi.
- Giliermo del Toroning Hellboy 2: Oltin armiya (2008-yil) filmidagi bosh qahramonlardan biri Nuada deb ataladi va butun film keltlar mifologiyasidan olingan quramachilikka boy.
- Maykl Murkokning „Kumush qoʻl“ trilogiyasidagi qahramon Korum, asosan keltlar mifologiyasiga asoslangan Nuada, Kumush qoʻl laqablari bilan atalgan.
- MMORPG Warspear Online oʻyini olamining uchta aka-uka xudolaridan biri Nuada deb ataladi, garchi uning tashqi koʻrinishi va feʼl-atvori kelt xudosiga uncha ham oʻxshaydi.
- Benedikt asarining qahramoni Korvinning ukalaridan birining jangda qoʻlidan ayrilgach, kumush qoʻlga ega boʻladi.
- Kristofer Paolinining „Meros“ tetralogiyasida kaftlarida kumush belgilari boʻlgan chavandozlar „argetlam“ — kumush qoʻllar deb ham ataladi.
- Anna Korostelevaning „Karmartendagi maktab“ asarida Diana Kext haqidagi afsonalardan biri hikoya qilinadi. Umuman olganda, butun asar keltlar madaniyati bilan chuqur bogʻliq.
- Fate/Grand Order mobil oʻyinidagi Bediver qahramoni Merlindan xuddi shu nomdagi kumush qoʻlni oladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ sovremennoe proiznoshenie Nuava, irl.: Nuada, Nuadu
- ↑ sovremennoe proiznoshenie Argedlav, irl.: Airgeadlámh
- ↑ Бердников Г. П.. История всемирной литературы в девяти томах. Изд-во "Наука", 1984.
- ↑ Языческие божества Западной Европы: Энциклопедия. Litres, 2017-09-05. ISBN 9785457435230.
- ↑ Коллектив авторов. Кельтские мифы. Litres, 2017-09-05. ISBN 9785040165261.
- ↑ „Нуаду“. 2008-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-oktyabr.
- ↑ Джон Маккалох. Религия древних кельтов. Litres, 2017-09-05. ISBN 5457025705.
- ↑ Ж. Дюмезиль. Верховные боги индоевропейцев. Рипол Классик, 1986. ISBN 9785458349451.
- ↑ Калыгин В. П. Этимологический словарь кельтских теонимов. M.: Наука, 2006. C. 124—125.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Carey J. Nodons in Britain and Ireland. Zeitschrift für celtische Philologie. Vol. 40. 1984. S. 1-22.
- Кельтская Мифология: Энциклопедия. М.: Эксмо, 2004. C.56-57, 569—570.
- Маккалох Джон Арнотт. Религия древних кельтов / Пер. с англ. С. П. Евтушенко. — М.: ЗАО Центрполиграф, 2004. — 336 с. ISBN 5-9524-1303-X
- Шкунаев С. В. Битва при Маг Туиред // «Похищение быка из Куальнге» и предания об ирландских героях. — М.: Наука, 1985. — С. 351—380. — 496 с. — 100 000 экз.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Нуаду// Мифологический словарь/ Гл. ред. Е. М. Мелетинский. — М.:Советская энциклопедия, 1990. — 672 с.