Mirzakalon Ismoiliy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mirzakalon Ismoiliy | |
---|---|
Tavalludi | 15-oktyabr 1908 |
Vafoti | 5-may 1986 |
Fuqaroligi | SSSR |
Mirzakalon Ismoiliy (1908.15.10, Oʻsh — 1986.5.2, Toshkent) — oʻzbek yozuvchisi, tarjimon.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). Oʻrta Osiyo universitetining sharq fakultetida oʻqigan (1928—30), rabfakda dars bergan. Oʻzbekiston Davlat nashriyoti (1932—37), Toshkent kinostudiyasi (1937-38), Yozuvchilar uyushmasi (1939), „Qizil Oʻzbekiston“ gaz. (1948-49) va „Sharq yulduzi“ jurnalda (1949—50) ishlagan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Qatagʻonga uchrab 1950-55 yillarda qamalgan. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida boʻlim mudiri (1955—58). „Ozod inson haqida qoʻshiq“ hikoyalar toʻplami (1948), „Keng maydonlar“ pyesasi (1949) muallifi. „Fargʻona tong otguncha“ tari-xiy romani (1—2-kitob, 1958—1968)da 20-asr boshidagi oddiy kishilarning maʼrifat sari intilishi tasvirlangan. Roman milliy ruhi, favqulodda boy, shirador tili, 20-asr boshidagi xalq hayotining ajoyib tasviri va boshqa gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. „Bizning roman“ (1962), „Inson husni“ (1969) va „Odamiylik qissasi“ (1972), „Qizlar daftari“ (1980), „Oʻzingdan koʻr“ (1986) asarlarida yoshlar axloqi, oilada totuvlik va oʻzaro hurmat masalalari haqida fikr yuritilgan. Mirzakalon Ismoiliy jahon adabiyotining 200 dan ortiq namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |