Kontent qismiga oʻtish

Raphaël Varane

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rafael Varan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Raphaël Varane
Tavallud sanasi 25-aprel 1993-yil (1993-04-25) (31 yosh)
Tavallud joyi Lil, Fransiya bayrogʻi Fransiya
Boʻyi 191 sm
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Raphaël Varane Real Madrid
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002–2010 Lans
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010–2011
2011 - hz.
Lans
Real Madrid
(23 (2)
9 (1))
Milliy terma jamoa
2010-2011
2011-
Fransiya U-18
Fransiya U-21
(2 (1)
9 (1))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)


Rafael Varan (fransuzcha: Raphaël Varane; 25-aprel 1993, Lil, Fransiya) — fransiyalik futbolchi, Ispaniyaning "Real Madrid" jamoasi o'yinchisi. Markaziy himoya chizig'ida o'ynaydi, lekin u erkin himoyachi va tayanch yarimhimoyachi chizig'ida ham o'ynay oladi. Fransiyaning yoshlar terma jamoasi safida to'p suradi.

Jamoadagi faoliyati

"Lans"

2010-yil 6-noyabrda "Lans"ning asosiy jamoasiga "Monpelye" jamoasiga qarshi o'yinga chaqirildi. U hafta davomida jamoa bilan birgalikda mashg'ulot olib bordi va asosiy tarkibdagi markaziy himoyachi Allaydin Yaxya jarohat olganligi sababli Varan asosiy tarkibda maydonga tushdi. U o'sha o'yinda 90 daqiqa harakat qildi va jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Keyingi ikki "Marsel" va "Lil" bilan bo'lgan uchrashuvlarda Varan boshqa yosh o'yinchilar qatorida zahira o'rindig'ida o'tirishga majbur bo'ldi.

"Real Madrid"

Varan Real Madrid tarkibida.

Uchta yarimhimoyachi bilan shartnoma imzolagandan so'ng, "Real Madrid" himoya chizig'ini ham kuchaytirish uchun yosh fransuz Rafael Varan bilan shartnoma imzoladi. 2011-yil 27-iyunda Varan "Real" bilan 6-yillik shartnoma imzoladi.

2011/12 mavsum

Varan Ispaniya chempionatidagi debyutini "Rasing"ga qarshi kechgan o'yinda nishonladi. U 90 daqiqa harakat qildi va o'yin 0:0 hisobida tugadi. Keyingi "Rayo Valekano" bilan bo'lgan o'yinda ham Varan asosiy tarkibda maydonga tushib, 90 daqiqa harakat qildi va 67-daqiqada o'zining "Real" safidagi birinchi golini kiritdi. O'sha o'yin 6:2 natijasi bilan "Real" foydasiga hal bo'ldi. Ispaniya chempionatida u jami 9 ta o'yinda ishtirok etdi, 7 marta o'yinni to'liq o'tkazdi va 2 marta o'yinning o'rtalarida o'yinga tushdi. U birorta ham kartochka olmadi. Chempionlar ligasida Varan 4 ta o'yinda ishtirok etdi: 3 tasi guruh bosqichida va 1 tasi yarim final o'yinida. Ispaniya kubogida Rafael jami 2 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Terma jamoadagi faoliyati

Varan 17 yoshgacha Fransiya terma jamoasiga chaqirilgan, lekin u rasmiy o'yinlarda ishtirok etmagan. 2010-yil 24-avgustda u 18 yoshgacha Fransiya terma jamoasi safida Daniyaga termasiga qarshi birinchi marta o'yinga tushdi. U o'zining debyut o'yinida o'z goli bilan jamoasiga yordam bera oldi[1]. 2011-yil 3-fevralida u Fransiya yoshlar terma jamoasiga Slovakiya bilan bo'ladigan o'yin uchun tarkibga chaqirildi[2]. U bu chaqiruvni o'zi uchun katta syurpiz bo'ldi deb izoh berib o'tdi[3]. U slovaklarga qarshi o'yinda 90 daqiqa harakat qildi, o'yinning so'nggida fransuzlar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi[4].

21 yoshgacha Yevropa chempionati

Varan 2013-yilda o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionati saralash bahslarida Latviya yoshlar terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda debyut qildi. Fransiya 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Huddi shu hisob bilan Ruminiya yoshlar terma jamoasi ustidan g'alaba erishdi. Shuningdek, Varan mehmonda o'tgan Ruminiyaga qarshi kechgan uchrashuvda, Qozog'iston yoshlar terma jamoasi bilan o'tgan va Slovakiya yoshlar terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvlarda ishtirok etdi. So'nggi o'yinda u gol urishga erishdi. Shundan so'ng, fransuzlar yana bir marta Latviya yoshlar termasini o'z maydonlarida yana 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.

Erishgan natijalari

Jamoada

Statistika

2012-yil 5 may holatiga.

Jamoa Mavsum Liga Kubok Yevropkubok Jami
O' G TU O' G TU O' G TU O' G TU
Raphaël Varane Lans 2010/11 23 2 0 1 0 0 0 0 0 24 2 0
"Lans"dagi jami 23 2 0 1 0 0 0 0 0 24 2 0
Raphaël Varane Real Madrid 2011/12 9 1 0 2 1 0 4 0 1 15 2 1
"Real"dagi jami 9 1 0 2 1 0 4 0 1 15 2 1
Faoliyatida jami 32 3 0 3 1 0 4 0 1 39 4 1

Izohlar

  1. „Des débuts victorieux (2-0)“ (en). Fédération française de football (2010-yil 24-avgust).
  2. „Kakuta et Varane avec les Espoirs“ (fr). FIFA (2011-yil 3-fevral).
  3. „Varane: "Une énorme surprise"“ (fr). Fédération française de football (2011-yil 8-fevral).
  4. „France 3–1 Slovaquie“ (fr). Fédération française de football (2011-yil 8-fevral).

Havolalar