Kontent qismiga oʻtish

Lola Badalova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 5-oktyabr, 18:03 dagi InternetArchiveBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Lola Badalova
Tavalludi 1928-yil
Vafoti 25-sentyabr 1991-yil(1991-09-25)
(63 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa
Yoʻnalish Teatr va kino aktrisasi
Mukofotlari

Lola Badalova (1928-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 25-sentyabr 1991-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbek aktrisasi, dublyaj artisti. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist[1][2].

Hayoti va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lola Badalova Toshkent shahrida tugʻilgan. U oʻrta maktabni tamomlaganidan keyin 1945-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi qoshidagi kino aktyori maktab-studiyasini ham bitirgan. Keyinchalik A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti)ga oʻqishga kiradi va uni 1951-yilda „Dramatik teatr va kino aktyorligi“ yoʻnalishi boʻyicha yakunlagan[1].

Lola Badalova aktrisalik faoliyatini 1946-yilda Hamza nomidagi davlat drama teatridan boshlagan. Ushbu teatr sahnasida yuzga yaqin rollarni ijro etgan[1].

Kinodagi faoliyati Nabi Gʻaniyev rejissyorlik qilgan „Tohir va Zuhra“ (1945-yil) filmidagi epizodik roldan boshlangan. Ilk katta roli G.Kozintsev va L.Trauberglar rejissyorligidagi „Boʻron“ filmida Lola roli boʻldi.

  1. 1,0 1,1 1,2 „Lola Badalova (1928)“. dsmi.uz (2023-yil 3-iyun). Qaraldi: 8-avgust 2024-yil.
  2. „Лола Бадалова“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 8-avgust 2024-yil.