Kontent qismiga oʻtish

Ilya Vekua

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 8-sentyabr, 15:56 dagi Laziz Baxtiyorov (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Ilya Nesterovich Vekua (1907.23.4, Shesheleti qishlogʻi, Abxaziya — 1977.2.12, Tbilisi) — gruzin matematigi va mexanigi, Akademik (1958). Asosiy ilmiy ishlari xususiy hosilali differensial tenglamalar va ularning tatbiqiga oid. Elliptik tipdagi tenglamalarni yechishda kompleks oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasidan foydalanib yaratgan yangi usullari, singulyar integral tenglamalarga doyr tadqikrtlari hamda ularni matematikaning boshqa tarmoqlariga qoʻllashga doyr ishlari bilan keng tanilgan. Mexanika sohasida qayishqoq qobiqlar matematik nazariyasining yangi variantini ilgari surgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil