Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Farhodovna 074/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Madaniyati

Homero Manzione bir nechta mashhur tangolar muallifi boʻlgan argentinalik tango sheʼriyati ustasi edi.

Santiago-del-Estero tarixi bilan bogʻliq muhim shaxslar qatoriga Argentina mustaqillik urushining yetakchisi, polkovnik Juan Fransisko Borxes (adib Xorxe Luis Borxesning ajdodi), shuningdek, inqilobiy rahbarlar Mario Roberto Santucho va Fransisko Rene Santucholar kiradi. Ular Ishchilar inqilobiy partiyasi (Partido Revolucionario de los Trabajadores) hamda Xalq inqilobiy armiyasi (Ejército Revolucionario del Pueblo) tashkilotlarining asoschilari boʻlganlar.

XIX asrdan buyon provinsiyaning eng mashhur madaniyat arboblari orasida rassomlar Felipe Taboada, Ramon Gómez Kornet, Karlos Sanches Gramaxo, Alfredo Gonya, hamda Rikardo va Rafael Turinyo, shuningdek, yozuvchilar Xorxe Vashington Abalos, Bernardo Kanal Feixoo, Klementina Rosa Kenel va Julio Karreras (h) bor. Amansio Xasinto Alkorta ham XIX asr oʻrtalarida Santiago-del-Estero vakilligini sharaf bilan Kongressda ado etgan boʻlib, u fleyta konsertlari va diniy musiqaning mashhur bastakori sifatida tanilgan.

Santiago del Esteroning musiqiy merosi uning eng muhim madaniy jihatlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda folklor chakarera va zamba kabi anʼanaviy musiqalar keng tarqalgan. Manseros Santiagueños, Alfredo Ábalos, Leo Dan, Jacinto Piedra va Raly Barrionuevo kabi mashhur sanʼatkorlar va guruhlar faoliyat yuritadi. Provinsiyaning eng taniqli xalq musiqa ansambli, shubhasiz, 1945-yildan buyon ushbu janrda ijod qilib kelayotgan va 1952-yildan beri albomlar yozib olayotgan Ábalos aka-ukalardir. Bu guruh Argentinaning eng mashhur xalq musiqachilari qatoriga kiradi[1].

Hukumati

Santiago del Esteroning Deputatlar palatasi

Provinsiya hukumati uch tarmoqqa boʻlinadi: xalq tomonidan saylanadigan va Vazirlar Mahkamasini tayinlaydigan gubernator boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat; qonun chiqaruvchi hokimiyat; va Oliy sud rahbarlik qiladigan sud hokimiyati.

Santiago-del-Estero viloyatining Konstitutsiyasi viloyatning asosiy qonuniy hujjatini tashkil etadi.

Argentinada eng muhim huquq-tartibot organi Argentina Federal Politsiyasi hisoblanadi, biroq qoʻshimcha vazifalarni Santiago-del-Estero viloyati politsiyasi ham bajaradi.

Jinoyat va inson huquqlari buzilishi

Andoza:Unbalanced section

Santiago del Estero provinsiyasi uyushgan jinoyatchilik aralashuvi va 2005-yilda Gerardo Zamora hokimiyat tepasiga kelganidan beri yuz bergan koʻplab yer egallab olish holatlari bilan tanilgan. Bu yerda dehqonlar va yer egalari tahdid ostida qolmoqda[2], va ulardan mahrum qilingan. Hokimiyat tomonidan himoyalangan jinoiy guruhlar qonuniy mulkdorlarning yerlarini gʻayriqonuniy ravishda egallab olayotgani haqida bir nechta shikoyatlar mavjud[3]. 2022-yil oxirida jinoiy guruhlar va hokimiyat oʻrtasidagi hamkorlik kuzatilgan usurpatsiya qurbonlarining koʻplab holatlari orasida yana bir voqea sodir boʻldi. Santiago-del-Estero Oliy sud raisi Federico López Alzogaray Manuel Assensio Ardilesni 30 gektar yeridan qonunsiz ravishda mahrum etdi[4][5][6][7][8]. Bu ish xalqaro nodavlat tashkilot boʻlmish Amerikalararo Demokratiya Instituti tomonidan ham eʼtirof etilgan edi[9][10].

Santiago del Estero provinsiyai oʻz aholisining inson huquqlari buzilishlaridan aziyat chekishi bilan ham mashhur. Bu holat shu darajaga yetganki, 2022-yilda Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissarga hisobot taqdim etildi. Ushbu hisobotda fuqarolarga boʻlgan tahdidlar, gubernator Gerardo Zamora, davlat amaldorlari va ularning oilalari bilan bogʻliq jinoiy tarmoqlar fosh etilgan[11][12]. Viloyatdagi hokimiyat bilan bogʻliq koʻplab qotillik holatlari orasida ikkitasi alohida eʼtiborga sazovor boʻlgan: birinchisi, Santiago-del-Estero soliq idorasidagi oʻta jiddiy korrupsiya holatini fosh qilgan amaldorning tanasi boʻlaklarga ajratilib, vahshiyona oʻldirilishi[13][14]. Ikkinchi holat esa, gubernator Gerardo Zamoraga aloqador giyohvand moddalar savdosi haqidagi shikoyatga javoban bolani zoʻrlash va tanasini boʻlaklarga ajratish bilan bogʻliq jinoyatdir[15][16][17]. Bularning barchasiga provinsiya moliyasini boshqarishdagi shaffoflik yoʻqligi ham qoʻshiladi[18]. Provinsiyada sodir boʻlayotgan qotilliklar, hokimiyatni egallab olishlar va zoʻravonliklar aslida gubernator, politsiya, sudyalar va prokurorlar bilan aloqador boʻlgan puxta tashkil etilgan narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyat tarmogʻining aks etishidir. Bu haqiqat maslahatchi Duglas Farah tomonidan 2022-yil noyabr oyida chop etilgan „Transmilliy jinoyat birlashuvi boʻyicha holat oʻrganish: Argentina, Santiago-del-Estero“ nomli hisobotida oʻz tasdigʻini topgan[19].

  1. „The Hermanos Abalos“. 2008-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-avgust.
  2. „Te vas o te morís: la dramática situación que viven productores ante usurpaciones de campos en Santiago del Estero“ (2022-yil 5-dekabr).
  3. „En Santiago del Estero se ha naturalizado la usurpación, afirma Marisa Figueroa“ (2022-yil 25-may).
  4. „Una familia santiagueña denuncia que el presidente de la Corte usurpó su terrenoo“.
  5. „El despojo campesino en el siglo XXI: cuando el que usurpa es el juez“ (2021-yil 4-noyabr).
  6. „Presidente del Superior Tribunal de Justicia desaloja familia campesina que tiene título de propiedad“.
  7. „Santiago del Estero: Armando Valladares expuso la violación de Derechos Humanos en la provincia de Zamora“.
  8. „Murió Manuel Asencio Ardiles, el campesino que denunció a un juez santiagueño por robarle sus tierras“.
  9. „Santiago del Estero: Armando Valladares expuso la violación de Derechos Humanos en la provincia de Zamora“.
  10. „ONG de Estados Unidos se encuentra en la provincia investigando casos de violación a los Derechos Humanos“.
  11. „Presentan ante la ONU un informe sobre violaciones a los DD.HH. en Santiago del Estero“ (2022-yil 3-aprel).
  12. „Denuncian ante la ONU corrupción política, torturas y asesinatos en comisarías de Santiago del Estero“ (2022).
  13. „Gerardo Zamora, complice del asesinato de Raul Dominguez“.
  14. „Raúl Domínguez, un crimen en los pagos de Zamora“.
  15. „Gerardo Zamora, complice del asesinato de Raul Dominguez“.
  16. „Gerardo Zamora, sus vínculos con el narcotráfico y un asesinato“ (2016-yil 18-dekabr).
  17. „Vinculan a Gerardo Zamora y al narcotráfico en el crimen de un niño santiagueño“ (2016-yil 16-dekabr).
  18. „Santiago del Estero: costos secretos y cero información“ (2022-yil 30-mart).
  19. „Case Study In Transnational Criminal Convergence: Santiago del Estero, Argentina“.