Kontent qismiga oʻtish

Kolxida podsholigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2024-yil 22-avgust, 22:48 dagi ProgrammerBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Kolxida podsholigi - Gʻarbiy Gruziya hududida kolxlar tomonidan tuzilgan ilk quldorlik davlati (miloddan avvalgi 6—2-asrlar). Kolxida podsholigi miloddan avvalgi 4-asrda barcha gruzin qabilalarini birlashtirishga harakat qilgan; bu yerda hunarmandchilik, ayniqsa, zargarlik rivojlangan, kumush tanga "kolxidka"lar zarb etilgan (miloddan avvalgi 6-asr). Kolxida podsholigi miloddan avvalgi 6-asrning oxirida Eron, miloddan avvalgi 2-asrda Pont podsholigi, soʻng Rim tomonidan zabt etilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil