Kontent qismiga oʻtish

Ilgak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ilgak — 1) koʻtarish mashinalarining yukni ilib koʻtarish uchun moʻljallangan egik shoxli detali; yuklarni yoki yukni qamrash moslamalarini koʻtarish mashinalarining poʻlat arqoni (kanat) ga yoki zanjirlarga ilishda foydanalaniladi. Yengil (75 kg gacha) yukka moʻljallangan. I. bir yoki ikki shoxli boʻlib, poʻlatdan bolgʻalab yoki quyib tayyorlanadi, ogʻir yuklarni koʻtarish uchun alohida plastinkalardan yigʻib tayyorlanadigan I. lar ishlatiladi; 2) transport mashinalariga tir-kama (pritsep) ni ulash uchun moʻljallangan detal; mas, traktorga tirkamani ulaydigan I.; 3) eshik va dera-zalarni yopish uchun ishlatiladigan moslama; 4) kiyim-boshga qadaladigan moslama; 5) biror narsani ilib, osib qoʻyish uchun xizmat qiladigan bir uchi kayrilgan moslama, ilmoq. Masalan, goʻshtni, qaymoq solingan kosa chambaragini osib qoʻyish uchun ishlatiladi. Bunday I. ni yogʻochdan ham qilish mumkin.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil