Tinch okeani qora o'rdagi
Tinch okeani qora o'rdagi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Turkum: | G'ozsimonlar |
Oila: | O'rdaksimonlar |
Urugʻ: | Anas |
Turlari: | A. rubripes |
Binar nomi | |
Anas superciliosa ((Gmelin, 1789-yil)) | |
Tinch okeani qora oʻrdaklarining tarqalish diapazoni |
Tinch okeani qora oʻrdagi (Anas superkiliosa), odatda PBD nomi bilan tanilgan, Indoneziya, Yangi Gvineya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Tinch okeanining janubi-gʻarbiy qismidagi koʻplab orollarda tarqalishgan, shimoldagi Karolin orollarigacha yetib boruvchi oʻrdak hisoblanadi. Yangi Zelandiyada kulrang oʻrdak deb ataladi, bu erda u oʻzining maori nomi bilan ham tanilgan.
Taksonomiya va etimologiyasi
Tinch okeani qora oʻrdagi 1789-yilda nemis tabiatshunosi Iogann Fridrix Gmelin tomonidan Karl Linneyning „Tabiiy Sistematika“ asarida keltirilgan va kengaytirilgan nashrida tasvirlangan. U uni Anas turkumidagi boshqa barcha oʻrdaklar, gʻozlar va oqqushlar bilan birgalikda bitta roʻyxatda joylashtirdi va Anas superkiliosa binomial nomini yaratdi [1]. Hozirgi vaqtda ikkita kichik tur borligi maʼlum: A.S.pelewensis Hartlaub & Finsch tomonidan 1872-yilda orol qora oʻrdagi; Tinch okeanining janubi-gʻarbiy orollarida va Yangi Gvineya shimolida topilgan [2].
A. S.superkiliosa turib, Gmelin va JF, tomonidan 1789-yilda Avstraliya oʻrdagi; Indoneziya, Yangi Gvineya janubida, Avstraliya va Yangi Zelandiyada koʻpayishi aniqlangan, u yerda kulrang oʻrdak yoki parera nomi bilan tanilgan [3][4].
Tavsifi
Bu xushchaqchaq oʻrdak turli xil botqoqli hududlarda uchraydi va uning uy qurish odatlari Yangi Zelandiyada uchraydigan mallardnikiga oʻxshaydi. U boshqa Anas oʻrdaklari kabi yuqoriga qarab oziqlanadi. Uning tanasi qora, boshi esa qalin qoramtir rangda va yuz chiziqlari bor. Oʻlcham oraligʻi 54-61 sm ; erkaklar urgʻochilarga qaraganda kattaroq boʻladi.
Koʻpayishi
Uya odatda daraxtdagi kovaklarga uya quradi, lekin baʼzida korvidning eski uyasidan foydalanadi. Baʼzida vaqti-vaqti bilan u erga uy quradi. 8-10 ta tuxum qoʻyadi. Urgʻochisi tomonidan inkubatsiya qilinadi. Joʻjalar 26-32 kundan keyin chiqadi. Erta tugʻilgan mayin oʻrdaklar quriganidan keyin uyadan chiqib ketadi va urgʻochi oʻrdak tomonidan parvarish qilinadi. Ular 58 kunlik yoshida ucha oladilar [5].
Oziqlanishi
Tinch okeanining qora oʻrdaklari asosan vegetarian boʻlib, suv oʻsimliklarining urugʻlari bilan oziqlanadi. Ushbu parhez dietasiga kichik qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va suv hasharotlari kiradi. Oziqa uchun qush boshi va boʻynini suv ostiga tushiradi va orqa uchini vertikal ravishda suvdan koʻtaradi.
Muhofaza qilish holati
Tinch okeanining qora oʻrdaklari Yangi Zelandiya va Avstraliyaning bir qancha orollarida tarqalgan mallard bilan raqobatdosh qush hisoblanishi va gibridlanish tufayli soni keskin kamaydi. Rhymer va boshqa olimlarlar,Yangi Zelandiyada kulrang oʻrdakning alohida tur sifatida oʻziga xosligini yoʻqotishiga va keyinchalik Mariana Mallardga oʻxshash gibrid turlar koʻpayib ketganligini takidlashgan“ (1994)[6].
Global havolalar
Qo'shimcha manbalar
- Gillespie, Grant D. (1985): Hybridization, introgression, and morphometric differentiation between Mallard (Anas platyrhynchos) and Grey Duck (Anas superciliosa) in Otago, New Zealand. Auk 102(3): 459-469. PDF fulltext
- Heather, Barrie D. & Robertson, Hugh A. (1996): The Field Guide to the Birds of New Zealand. Viking/Penguin, Auckland. ISBN 0-670-86911-2
- Madge, Steve & Burn, Hilary (1987): Wildfowl : an identification guide to the ducks, geese and swans of the world. Christopher Helm, London. ISBN 0-7470-2201-1
- Rhymer, Judith M. & Simberloff, Daniel (1996): Extinction by hybridization and introgression. Annu. Rev. Ecol. Syst. 27: 83-109. DOI:10.1146/annurev.ecolsys.27.1.83 (HTML abstract)
- Rhymer', Judith M.; Williams, Murray J. & Braun, Michael J. (1994). Mitochondrial analysis of gene flow between New Zealand Mallards (Anas platyrhynchos) and Grey Ducks (A. superciliosa). Auk 111(4): 970–978. PDF fulltext
- Williams, Murray & Basse, Britta (2006): Indigenous gray ducks, Anas superciliosa, and introduced mallards, A. platyrhynchos, in New Zealand: processes and outcome of a deliberate encounter. Acta Zoologica Sinica 52(Supplement): 579–582. PDF fulltext (Wayback Machine saytida 2014-02-19 sanasida arxivlangan)
Manbalar
- ↑ Gmelin, Johann Friedrich. Systema naturae per regna tria naturae : secundum classes, ordines, genera, species, cum characteribus, differentiis, synonymis, locis, 13th (Latin), Lipsiae [Leipzig]: Georg. Emanuel. Beer, 1789 — 537-bet.
- ↑ „Screamers, ducks, geese & swans“. IOC World Bird List Version 12.1. International Ornithologists' Union (2022-yil yanvar). Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
- ↑ Latham, John. A General Synopsis of Birds. London: Printed for Leigh and Sotheby, 1785 — 497, No. 45-bet.
- ↑ Check-List of Birds of the World, 2nd, Museum of Comparative Zoology, 1979 — 472-bet.
- ↑ „Anas superciliosa Pacific Black Duck“, Handbook of Australian, New Zealand & Antarctic Birds. Volume 1: Ratites to ducks; Part B, Australian pelican to ducks. Melbourne, Victoria: Oxford University Press, 1990 — 1320–1332-bet. ISBN 978-0-19-553068-1.
- ↑ Bulgarella, M (2018). "The ectoparasites of hybrid ducks in New Zealand (Mallard x Grey Duck)". International Journal for Parasitology: Parasites and Wildlife 7 (3): 335–342. doi:10.1016/j.ijppaw.2018.09.005. PMID 30258780. PMC 6154467. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6154467.