Kontent qismiga oʻtish

Hasan Azzun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hasan Azzun
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud paytidagi ismi arabcha: حسان عزون
Fuqaroligi Jazoir bayrogʻi Jazoir
Tavallud sanasi 28-sentyabr 1979-yil (1979-09-28) (45 yosh)
Sport
Qaysi sport Dzudo
Sport mukofotlari
Afrika o‘yinlari
Bronza Jazoir 2007 100kg gacha
Afrika chempionati
Bronza Tunis 2004 absolyut
Bronza Port-Elizabet 2005 100kg gacha
Kumush Mavrikiy 2006 100kg gacha
Oltin Agadir 2008 100kg gacha
Kumush Mavrikiy 2009 100kg gacha
Bronza Yaunde 2010 100kg gacha

Hasan Azzun ( arabcha: حسان عزون ) — jazoirlik dzyudochi, yarim og‘ir vazn toifasida ishtirok etadi. 2003—2011-yillarda dzyudo bo‘yicha Jazoir milliy terma jamoasida chiqish qilgan, Afrika chempioni, Butunafrika o‘yinlarining bronza medali sovrindori, ko‘pgina milliy va xalqaro ahamiyatga molik turnirlar g‘olibi va sovrindori, Pekindagi yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi sanaladi.

Tarjimai hol

Hasan Azzun 1979-yil 28-sentabrda tug‘iladi.

U Jazoir terma jamoasi tarkibiga kirganda va Tunisdagi xalqaro turnirda ishtirok etganida, u yerdan yarim og‘ir vazn toifasida bronza medalini olib kelganda, 2003-yilgi mavsumda kattalar o‘rtasidagi xalqaro miqyosdagi birinchi jiddiy muvaffaqiyatiga erishadi.

2004-yilda ochiq vaznda Gamburg va Parijda bo‘lib o‘tgan Jahon Superkubogida ishtirok etib, Tunisdagi Afrika chempionatining bronza medali sovrindori bo‘ladi.

Hasan Azzun 2005-yilda Port-Elizabetda o‘tkazilgan Afrika chempionatida u yarim og‘ir vaznda bronza medalini qo‘lga kiritadi, shuningdek, ushbu  mavsumda u yana Gamburg va Parijdagi Jahon Superkubogida jang olib boradi.

2006-yilda Tunisdagi xalqaro turnirda g‘olib chiqadi, Mavrikiydagi Afrika chempionatida kumush medal sohibi bo‘ladi.

Azzun 2007-yilda Jazoirdagi Butunafrika o‘yinlarida o‘z rekordini yarim og‘ir vazn toifasida bahs olib bolib, qo‘lga kiritgan bronza medalini medallar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yadi. Shuningdek, Rio-de-Janeyrodagi jahon chempionatida u 1/32 finalda qozog‘istonlik Asxat Jitkeyevga imkoniyatni boy beradi va sovrindorlar qatoridan joy egallay olmadi.

2008-yilda Hasan Agadirda o‘tkazilgan Afrika chempionatida g‘alabaga erishadi va qator muvaffaqiyatli chiqishlari tufayli Pekindagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakat sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritadi. 100 kg gacha bo‘lgan vazn toifasidagi dastlabki bahsda u ozarbayjonlik Movlud Miraliyevga mag‘lub bo‘ladi, so‘ng uchinchi o‘rin uchun tasalli beruvchi turnirda gruziyalik dzyudochi Levan Jorjolianiga yutqazib qo‘yadi.

Pekin Olimpiadasidan so‘ng Azzun Jazoirning dzyudo terma jamoasi tarkibida qoladi va yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etishda davom etadi. Shu bilan birga 2009-yilda Hasan Marseldagi xalqaro turnirda bronza medali va Mavrikiydagi Afrika chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ladi. O‘rtayer dengizi o‘yinlarida bor-yo‘g‘i 7-o‘rinni egallaydi[1].

2010-yilda Yaoundedagi Afrika chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi, Tokiodagi jahon chempionatida ko‘rsatgan natijalari bilan e’tiborga tushadi va 1/16 finalda esa ozarbayjonlik Elmar Gasimovga imkoniyatni boy beradi.

2011-yilda yarim og‘ir vaznda Belgiya ochiq chempionatida g‘alaba qozonadi, Varshavadagi Jahon kubogida va Dakardagi Afrika chempionatida beshinchi o‘ringa chiqadi.

Azzun 2012-yilda Londondagi Olimpiada o‘yinlari saralash bosqichidan o‘tishga harakat qiladi, lekin buni uddasidan chiqmay sport faoliyatini shu yerda nihoyalaydi[2] .

Manbalar

Havolalar

  • Hassan Azzunjudoinside.com profili
  • Hassan Azzun — Olimpiya o'yinlari statistikasi Sports-Reference.com saytida
  • Hassan Azzun — Xalqaro Olimpiya qo'mitasi veb-saytidagi sahifa