Kontent qismiga oʻtish

Chloe Kelly

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chloe Kelly
Kelly Everton safida 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Chloe Maggie Kelly[1]
Tavallud sanasi 15-yanvar 1998-yil (1998-01-15) (26 yosh)
Tavallud joyi London, Angliya
Boʻyi 5 fut 6 inches (1.68 m)[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester City
Raqami 9
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015-2018 Arsenal 13 (3)
2016-2018Everton (loan) 13 (5)
2018-2020 Everton 32 (11)
2020- Manchester City 26 (11)
Milliy terma jamoa
2011-2013 England U15 2 (0)
2013-2015 England U17 27 (7)
2016-2017 England U19 12 (3)
2018 England U20 7 (1)
2018- England 16 (2)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 1-avgust uchun)

Chloe Maggie Kelly (1998-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi. FA WSL va Angliya terma jamoasida va „Manchester City“ klubida hujumchi ampulasi sifatida oʻynaydi. U ilgari „Arsenal“ va „Everton“ klublarida oʻynagan va Angliyani 17,19, va 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoalarida maydonga tushgan.

UEFA ayollar oʻrtasidagi Euro-2022 musobaqasida Kelly zaxiradan maydonga tushib, gʻalaba golini kiritdi va jamoasi bilan birgalikda oʻzining birinchi yirik sovrinini qoʻlga kiritdi.

Yoshlik yillari

Kelly 1998-yil 15-yanvarda tug‘ilgan. G‘arbiy Londondagi Xanvell tumanida o‘sgan boʻlib, yetti aka-ukaning eng kichigi edi. [2][3] Kelly yoshligida besh akasi bilan futbol o‘ynay boshlagan.[4] „Arsenal“ning Rivojlanish markaziga qoʻshilishdan oldin u „Queens Park Rangers“da oʻynagan.[2] U yoshligida „Arsenal“ bilan mashgʻulot oʻtkazish uchun poezdda ikki soatlik yoʻl yurgan.[2] Uning yoshlikdagi futbol kumiri Bobbi Zamora edi. U bir vaqtlar Queens Park Rangers oʻyinchisi boʻlgan.[5]

Klublardagi karyerasi

Arsenal, 2015-17-yillar

2015-yilning 23-iyulida, 17 yoshida Kelly „Arsenal“ ning asosiy aʼzosi safida „Watford“ga qarshi qitʼa kubogida debyut qildi va o‘yinning 22-daqiqasidayoq ilk golini urdi.[6] U „Notts County“ga qarshi oʻyinda (2:1) klub safida ikkinchi marta maydonga tushdi.[7]

Kelli „Arsenal“dagi debyut paytida, 2015-yil iyul

2016-yil fevral oyida Kelly oʻzining birinchi katta shartnomasini imzoladi.[8] U 25-iyun kuni FA WSL 2 jamoasida Evertonga ijaraga olingunga qadar jamoaning „Sunderland“ga (5:1) qarshi maydonga tushdi. Oʻsha yilning oktyabr oyida „Arsenal“ga qaytganidan soʻng, u 2016-yilgi FA WSL mavsumida „Arsenal“ tarkibida yana uchta oʻyin oʻtkazdi. Jamoa mavsumni  10-4-2 natijasi bilan uchinchi oʻrinda yakunladi.[9] „Arsenal“ shuningdek, „Wambley Stadium“ boʻlib oʻtgan, 2016-yilgi Ayollar kubogi finalida ham gʻalaba qozondi. Kelly jamoada boʻlsa-da,[10] „Chelsi“ ustidan 1:0 hisobidagi gʻalaba qozongan vaqtida maydonga tushmadi.[11]

2017-yilning fevralida Kelly „Arsenal“ bilan yangi shartnoma imzoladi.[12] U klub safida yettita o‘yinda maydonga tushdi va iyul oyida „Everton“ga ijaraga berilishidan oldin jamoa foydasiga ikkita gol urishga ulgurgan edi.[13]

Everton (ijara asosida), 2016-18-yillar

2016-yil iyun oyida Kelly asosiy jamoada qoʻshimcha tajribaga ega boʻlish uchun FA WSL 2 jamoasi Evertonga uch oylik ijaraga asosida qoʻshildi.[14] U Toffees uchun toʻqqizta oʻyin oʻtkazdi va ikkita gol urdi.[7]

2017-yil iyul oyida Kelly ikkinchi marta ijara asosida Evertonga qaytdi.[15] Kelly 2017-yilning qolgan oylarida „Everton“ tarkibida toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi va ikkita gol urdi.[7]

Everton, 2018-2020

2018-yilning yanvarida Kelly „Arsenal“dagi jamoadoshi Taylor Hinds oʻynaydigan „Everton“ga 2020-yilning yozigacha shartnoma asosida doimiy transferni amalga oshirdi.[16] U FA WSL 2017-18 mavsumida Everton tarkibida jami 15 oʻyin oʻtkazdi va ikkita gol urdi.[7] „Everton“ 4-12-2 hisobida turnir jadvalini toʻqqizinchi oʻrinda yakunladi.[17] 2018-19 yilgi FA WSL mavsumida Kelly butun mavsum davomida toʻpigʻidan jarohat olib oʻynaganiga qaramay, jamoaning „Brighton & Hove Albion“ klubiga qarshi 3:3 hisobidagi durang oʻyinida maydoga tushdi va gol urdi.[7] „Everton“ esa ushbu mavsumni 10-oʻrinda yakunladi.[18] [4]

Oyogʻidan olgan jarohati tufayli oʻtkazilgan operatsiyadan soʻng, 2019-yil Kellyning karyerasi uchun burilish nuqtasi boʻldi. U FA WSL 2019-20 mavsumida Everton safida 12 oʻyinda toʻqqizta gol urdi va klubini umumiy jadvalda oltinchi oʻringa koʻtarilishiga yordam berdi. U ligada toʻpurarlar roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinda boʻlib, „Everton“ safidagi eng yaxshi toʻpurar oʻyinchi boʻldi.[19] Jamoaning mavsumdagi ikkinchi oʻyinida Kelly dubl qayd etib, „Everton“ning 2:0 hisobidagi gʻalabasiga katta hissa qoʻshdi. Uning uzoq masofadan urgan ikkinchi goli internetda mashxur boʻlib ketti.[20] Kelly liganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi va oktyabr oyidagi sovrin uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritildi.[20] Kellyning mavsum boshida koʻrsatgan oʻyinlari unga milliy terma jamoa eshiklarini ochdi.[20] 2020-yil yanvar oyida Kelly „Reding“ga qarshi oʻyinda „Everton“ning 3:1 hisobidagi gʻalabasiga katta hissa qoʻshdi. Ushbu oʻyinda Kelly xet-trik qayd etdi. Bu „Everton“ tarkibidagi futbolchilarning 2013-yildan beri birinchi xet-triki boʻldi.[21]

2020-yil iyun oyida Kelly, klub taklif etgan yangi shartnomani rad etib, „Everton“ni tark etdi.[22]

Manchester City

2020-yilning 3-iyulida Kelly „Manchester City“ bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilindi.[23] 2020-yil sentyabr oyida u PFA WSL tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.[24] 4-oktyabr kuni u „Tottenham“ga qarshi oʻyinda dubl qayd etib, jamoasini 4:1 hisobidagi gʻalabasiga munosib hissa qoʻshdi.[25] Bir necha kundan soʻng jamoa „Chelsea“ga 3:1 hisobida magʻlub boʻlganida, u 73-daqiqada „Manchester City“ning oʻyindagi yagona golini penalti orqali golga aylantirdi.[26]

2021-yil 5-may kuni Kelly ACLda jarohat oldi.[27][28]

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati

Kelly Angliyani kattalar terma jamoasida, shuningdek, koʻplab yoshlar terma jamoalarida, jumladan, 17 va 20 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoalarda mamlakat sharafini himoya qilgan.

Yoshlar terma jamoalarida

2014-yilda Kelly 2014-yilda Angliyada boʻlib oʻtgan (2014 UEFA Women's Under-17 Championship) 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida ishtirok etdi.[29][30][31] 2015-yilning noyabrida u Italiyaga qarshi o‘yinda hisobni tenglashtirib. jamosini muqarrar magʻlubiyatdan asrab qoldi.[32]

2018-yil avgust oyida Kelly (2018 FIFA U-20 Women's World Cup) 2018-yilgi FIFA U-20 ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan Angliya U20 terma jamoasining aʼzosi edi.

Kattalar terma jamoasi, 2018-

Kelly terma jamoadagi debyutini 2018-yilning noyabr oyida oʻtkazgan va Venada Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (3:0) zaxiradan maydonga tushgan.[33]

U 2022-yil iyun oyida Angliya mezbonlik qilgan UEFA Womenʼs Euro-2022 uchun Angliya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.[34][35] 2022-yil 31-iyul kuni Kelly Germaniyaga qarshi Women's Euro 2022 final uchrashuvining 110-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, qo‘shimcha vaqtlar mobaynidagi oʻyinda Angliyaning g‘alabasini taʼminladi.[36][37]

Kellyning futbolchilik faoliyatidagi statistikasi

Klub

1-avgust, 2022-yildagi holat[38][39]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha statistika, gollar
Klub Mavsum Liga FA Kubogi[lower-alpha 1] Liga Kubogi[lower-alpha 2] Jami
Divizion Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Arsenal 2015 WSL 1 2 0 0 0 3 2 5 2
2016 4 1 0 0 0 0 4 1
2017 7 2 0 0 7 2
Jami 13 3 0 0 3 2 16 5
Everton (ijara asosida) 2016 WSL 2 8 3 0 0 1 0 9 3
2017-18 WSL 1 5 2 0 0 5 5 10 7
Jami 13 5 0 0 6 5 19 10
Everton 2017-18 WSL 10 1 0 0 0 0 10 1
2018-19 11 1 0 0 3 0 14 1
2019-20 11 9 2 0 4 0 17 9
Jami 32 11 2 0 7 0 41 11
Manchester City 2020-21 WSL 21 10 2 2 1 1 24 13
2021-22 5 1 2 1 0 0 7 2
Umumiy 70 24 3 1 17 8 91 33
  1. Includes the Women's FA Cup
  2. Includes the FA Women's League Cup

Xalqaro darajadagi oʻyinlar

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Angliya milliy terma jamoasidagi gollaridan boshlab koʻrsatilgan. Ballar ustuni Kellyning har bir golidan keyingi ochkosini koʻrsatadi.
Chloe Kelly tomonidan xalqaro oʻyinlarda kiritilgan gollar roʻyxati
Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2022-yil, 16-iyun Molineux Stadium, Wolverhampton, England Belgiya 1-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2 2022-yil, 31-iyul Wembley Stadium, London, Angliya  Germaniya 2-1 2-1 (qoʻshimcha vaqtlar) UEFA Women's Euro 2022

Muvaffaqiyatlar

Manchester City

  • Womenʼs FA Cup: 2019-20[40]
  • FA Womenʼs League Cup: 2021-22

England U20

  • FIFA U-20 Womenʼs World Cup 3-oʻrin: 2018[41]

Angliya

  • UEFA Womenʼs Championship: 2022[42]

Individual muvaffaqiyatlar

Shuningdek qarang

  • List of England womenʼs international footballers
  • List of FA WSL hat-tricks

Maʼlumotnomalar

  1. 1,0 1,1 „List of Players“. FIFA. 2018-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-dekabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 Sanders, Emma. „Chloe Kelly: Everton striker on 'street football' & west London cages“. BBC (2019-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  3. „Ex-student Chloe Kelly...“.
  4. 4,0 4,1 Ruszkai. „'Leaving Arsenal was the best career decision I've made' – ex-Gunner Kelly targeting shock win over WSL champions“. Goal.com (2019-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  5. Moore. „Lionesses hero Kelly delighted to emulate QPR idol Zamora with final Wembley winner“. talkSPORT (2022-yil 1-avgust). Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  6. „Conti Cup: Arsenal 3–0 Watford“. Arsenal.com. Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 „Chloe Kelly“. SoccerWay. Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  8. „Chloe Kelly signs first senior contract“. Arsenal.com (2016-yil 24-fevral). Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
  9. „2016 FA WSL“. SoccerWay. Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  10. „Meet Arsenal Ladies' FA Cup final squad“. Arsenal (2016-yil 13-may). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  11. „THE WOMEN'S FA CUP – FINAL“. BBC (2016-yil 14-may). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  12. „Promising duo sign new contracts“. Arsenal.com (2017-yil 27-fevral). Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
  13. „Chloe Kelly: Everton Ladies re-sign Arsenal striker on loan“. BBC (2017-yil 30-iyul). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  14. „Chloe Kelly joins Everton on loan“. Arsenal.com. Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
  15. „Kelly Returns With "Unfinished Business"“. Everton Football Club (2017-yil 30-iyul). 2017-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-avgust.
  16. „Kelly: Time To Repay Everton's Faith“. Everton Football Club (2018-yil 25-yanvar). 2018-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-yanvar.
  17. „2017–18 FA WSL“. Soccerway. Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  18. „2018–19 FA WSL“. Soccerway. Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  19. „2019–20 FA WSL“. SoccerWay. Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  20. 20,0 20,1 20,2 „Everton's Chloe Kelly relishes Anfield trip after recovering from injury blues“. The Guardian (2019-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  21. „Three stars who shone in the FA Women's Super League this weekend“. Yahoo Sport UKJ (2020-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  22. „Chloe Kelly: Everton's England striker opts to leave after three years“. BBC Sport (2020-yil 19-iyun). Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  23. Oatway. „City sign Chloe Kelly“ (en). www.mancity.com.
  24. „Jordan Henderson among five Liverpool players in PFA team of the year“. Yahoo! Sports. Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  25. Tomas, Fiona. „Chloe Kelly at the double as Manchester City show their class against Tottenham“. The Telegraph (2020-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  26. „Chelsea beat Man City as handball rule overshadows WSL clash“. ESPN (2020-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 14-oktyabr.
  27. Frith. „Chloe Kelly suffers ACL injury“ (en-GB). SheKicks (2021-yil 5-may). Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  28. „WSL: Can Manchester City qualify for the Champions League?“ (en-GB). Her Football Hub (2022-yil 20-fevral). Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  29. „Under-17's shine at AFC Telford as England Lionesses beat Wales“. Shropshire Star (2013-yil 29-oktyabr). 2017-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.
  30. Veevers. „England Women's U17s beat Hungary 4–1 in Euro Qualifier“. England FA (2015-yil 11-aprel). Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.
  31. Lavery. „Germany shatter England Women's U17s' Euro dream“. England FA (2015-yil 28-iyun). Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.
  32. Lavery. „Chloe Kelly strike earns England Women's U19s draw in Italy“. England FA (2015-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.
  33. „Kelly: England Debut A Proud Moment“. Everton F.C. (2018-yil 21-noyabr). 2018-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-dekabr.
  34. Davies. „England Women's final squad named for EURO 2022“. England Football.com. The FA (2022-yil 15-iyun). Qaraldi: 2022-yil 12-iyul.
  35. England Squad.
  36. „England win Euro 2022 and end wait for first major trophy - reaction“ (en-GB). BBC Sport (2022-yil 30-iyul). Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
  37. Hudson, Molly. „Women’s Euro 2022 final: England beat Germany in extra time“. The Times (2022-yil 31-iyul). Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
  38. „Arsenal Women FC player stats“. Arsenal Women FC. Qaraldi: 2018-yil 25-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  39. „Chloe Kelly stats“. womenscompetitions.thefa.com.
  40. Garry. „Women's FA Cup final: Everton 1–3 Manchester City AET“. BBC Sport (2020-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 5-noyabr.
  41. „ENGLAND WIN BRONZE MEDAL AT FIFA U20 WOMEN'S WORLD CUP“. The FA (2018-yil 24-avgust). Qaraldi: 2019-yil 3-aprel.
  42. Sanders. „England beat Germany to win first major women’s trophy“. BBC (2022-yil 31-iyul). Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.

Tashqi havolalar