Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2022-yil 28-sentyabr, 23:46 dagi MalikxanBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
"Oʻzbekiston Respublikasi san'at arbobi" nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi sanʼat yuksalishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 6-iyun[1]

"Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi" nishoni — Oʻzbekiston Respublikasida sanʼatning biror yoʻnalishida yuksak xizmatlar koʻrsatgan shaxslarga beriladi.

  • Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida rangin taxta (palitra) moʻyqalamlari bilan, skripka va ochiq kitob, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismidan „SANʼAT ARBOBI“ degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
  • Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻich halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.

Mukofot sohiblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]