Kontent qismiga oʻtish

Nodira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nodira (Komila)

Andoza:Oʻzbek adabiyoti

Nodira (taxallusi; ismi Mohlaroyim) (1792, Andijon —1842, Qoʻqon) — shoira, maʼrifatparvar va davlat arbobi. "Komila" va "Maknuna" taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy — ming qabilasidan, Fargʻona hukmdori Olimxonning togʻasi. Olimxon ukasi Umarxonga Margʻilon hokimligini beradi va uni 1807 yilda N.ga uylantiradi. N.shu xonadonda sheʼr yezishni mashq qiladi, shoira Uvaysiy bilan tanishadi, uni muallima sifatida saroyga taklif etadi. N.ning turmush yoʻldoshi Amir Umarxon ham Amiriy taxallusida ijod qilgan.

1822 yilda Umarxon vafot etib, uning oʻgʻli, 14 yoshli Muhammad Alixon (Maʼdalixon) taxtga koʻtarildi. Lekin davlatni, asosan, N.ning oʻzi idora qildi. U madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga intildi. N.ning zamondoshi qozi Abdunabi Xotifning tamomlanmay qolgan voqeaband dostonida N.ning hayoti va ijtimoiy faoliyati ishonarli dalillar bilan koʻrsatib berilgan: "Asar yozishdan maqsadim N.ning oqila, fahmli, ilm va soʻzning qadriga yetadigan donishmand ayol ekan-ligini koʻrsatishdir... Umarxon vafotidan soʻng bu iffat sadafining in-jusi kunlarni xasratu firoq bilan shu tariqa oʻtishini noshukurlik deb bildi. U gulistondek Chahorchaman bogʻiga borib, Fargʻona, Toshkent, Xoʻjand, Andijon va boshqa shaharlardan fozillar, olimlar, hattotlar, naqqoshlarni oʻz xizmatiga chaqirtirib keldi". N. bir necha kitoblarni koʻchirtirdi va shoirlarni yangi-yangi asarlar yozishga tashviq qildi. Shoira devonlarning chiroyli yozilishi, muqovasining bezatilishini oʻzi shaxsan koʻzdan kechirib turgan. U yaxshi ishlagan kotiblarga tilla qalam, kumush qalamdon berib, ularni "Zarrin qalam"lik mansabiga koʻtargan.

N. bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga eʼtibor bergan. Goʻristoni ka-londagi Madrasai Chalpak, Taqagarlik rastasidagi Mox^aroyim madra-sasini bino ettirgan. Buxoro amiri Nasrullo 1842 yilda Qoʻqonga bosti-rib kirib, Maʼdalixonni, ukasi Sulton Mahmudxonni, 14 yashar oʻgʻli Muhammad Aminxonni va N.ni foji-ali ravishda oʻldiradi.

N.ning adabiy merosi oʻz gʻoyaviybadiiy ahamiyati nuqtai nazaridan mumtoz sheʼriyatning goʻzal namunalaridandir. Uning tula boʻlmagan oʻzbekcha devoni Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida satslanadi (inv.№ 4132). Devonga N.ning 109 (yoki 1704 misra) gazali kiritilgan. N.ning uzi yozgan de-bochada tarjimai holiga oid baʼzi muhim maʼlumotlar berilgan. 19-asrdakoʻchirilgan, hozirgi Oʻzbekiston FA Tarix muzeyi arxivida saqlanayotgan devonda N.ning "Komila" taxallusi bilan yozgan 19 (328 misra) gʻazali borligi aniklangan. 1962 yilda Namanganda shoiraning mukam-mal devoni topildi. Oʻzbekiston FA Alisher Navoiy nomidagi davlat ada-biyot muzeyida saqlanayotgan (inv. № 313) bu devon shoiraning merosini toʻliq qamrab olgan, deyish mumkin. Bunda shoira yozgan debocha mukammal berilgan. Devonda shoiraning "Nodi-ra" taxallusi bilan yozgan 180 sheʼri jamlangan (shulardan 136 tasi oʻzbek tilida, 44 tasi tojik tilida). Jumladan, 11 muhammas, 2 musaddas, 1 musamman, 1 tarjiʼband, 1 tarkibband va 1 firoqnoma ham bor. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida N.ning "Maknuna" taxallusi bilan yozilgan, 333 gʻazaldan iborat bir devoni mavjud (inv. № 7766). Bugungi kunda biz N.ning oʻzbek va fors-tojik tillarida yaratgan 10 ming misraga yaqin lirik merosiga egamiz.

N. sheʼriyatining asosini lirika tashkil etadi. N. muhabbat, sadoqat va vafo kuychisidir. U goʻzallik va sadoqatni, Sharq xotin-qizlarining dardalamlari, ohu figʻonlarini kuyladi. Shoira oʻzini ishq oynasi deb atar ekan, bu oynada insonning hayotga umid bilan qarashi, ezgu istaklari va orzusi aks etgan. U muhabbat Alloh tomonidan insonlar qalbiga solingan mangu yogʻdu ekanligini kuyladi:Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et!N.ning muhabbat tushunchasi chuqur ijtimoiy mazmun kasb etadi. Muhabbat shaxsiy tuygʻular doirasidan yuqori koʻtarilib, odamiylikni chuqur idrok qilish vositasiga aylantiriladi. N. insonning eng yuksak fazilati vafodorlikda deb biladi. Shoiraning forstojik tilidagi mebosh radifli gazalida vafo mavzui keng doirada kalamga olinadi.

Shoira himmat, sabr, qanoat, nomus, hayo kabi hislatlarni maʼrifat, yaʼni Xudo vasliga erishishni yaqinlashtiruvchi manzillar sifatida qayd etadi, odam ana shu sharafli hislatlarni oʻz ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitkadamlik bilan koʻngil ganjinasida asramogʻini obrazli qilib tasvirlaydi. Odamzod shu sifatlardan maxrum boʻlar ekan, u riyo yoʻliga kirib ketadi.

N. oʻz ijodida dunyoviylik bilan bir qatorda tasavvufning naqshbandiya yoʻnalishiga asoslangan bir butunlik orkali insonning jamiyat va tabiatga munosabatini ham, ilohiy muhab-bat yoʻlidagi ruhiy dunyosini ham juda goʻzal va jonli misralarda ifodalab beradi. N. sheʼrlarida islom ruhi, ta-savvuf taʼlimi va hayot falsafasini chuqur idrok etgan holda hayotga hamma vaqt umidbaxsh nigoh bilan qaraydi va undan yaxshilik urugʻini qidiradi. N. saroyda yashasa ham, oʻzini maʼnaviy jihatdan baxtiyor hisoblay olmas edi.

Shuning uchun ham u gʻazallaridan birida: "Meni saltanat masnadida koʻrib, gumon etmang ayshu farogat bilan", deydi.

N. olimlar, shoirlar, ayniqsa, shoiralarni oʻz himoyasiga olgan. Shoira oʻz devonlarining "hamnishin olima afifalar, fozila hamsuhbat sharifalarning maslahatlari va tashabbuslariga koʻra jamlangani"ni oʻzbekcha devoniga yozgan soʻzboshisida qayd etib oʻtadi.

N. mumtoz sheʼriyatning mavjud hamma janrlarida qalam tebratdi. Uning oʻzbekcha va forsiychatojikcha gazallari aruzning turli vaznlarida 5, 7, 9, 13, hatto 18 baytli hajmda yaratilgan. Shoira gʻazallarining asosiy qismi 7—9 baytlidir. N. mumtoz adabiyot anʼanalarini qunt va ixlos bilan davom ettirgan. Navoiy, Fuzuliy, Bedil gʻazallariga muhammaslar bogʻlagan. N. oʻz gʻazallarida koʻproq "mukar-rar" (soʻzning takrorlanib kelishi) va "qoʻsh mukarrar" usullaridan foydalangan. Asarlarida talmeh, majoz, tash-beh, istiora, tazod, tadrij, tashhis, intoq kabi badiiy vositalar mahorat bilan qoʻllangan.

N. fors-tojik tilida ham goʻzal, taʼsirchan sheʼrlar yozgan. Ular ham mazmun va badiiy mahorat jihatdan oʻzbek tilidagi gʻazallaridek yuksak darajada yozilgan boʻlib, shoira ijodini yana ham keng va toʻlaroq oʻrganishda muhim rol oʻynaydi.

N. ijodiga boʻlgan qiziqish shoira qayotlik davridayoq boshlangan. Mashhur shoira Dilshod (1800—1905) N.ga maxsus gʻazallar bagʻishlab, uni "ilm-adab i va nazm osmonining yulduzi, ushshoqlari gʻazalxoni, shakar sochuvchi bulbul" deb taʼriflaydi. N. gʻazallariga juda ‘ koʻp shoirlar naziralar yozganlar, muhammas bogʻlaganlar. Oʻzbek adabiyotida va sahnada N.ning badiiy obrazi yaratildi. H. Razzoqovning "Nodira", Turob Toʻlaning "Nodirabegim" musiqali dramalari sahnalashtirildi. Komil Yormatov va M. Melkumovlarning ssenariysi asosida "Nodirabegim" fil-mi yaratildi. Shoira asarlari rus va boshqa chet tillarga tarjima qilingan. Fa-zallari oʻzbek maqomlari va xalq kuylariga solingan. Oʻzbekistonning sha-har va qishloqlarida koʻplab koʻchalar, kinoteatr, maktab va kutubxonalar N. nomi bilan yuritiladi.

Manbalar

  • ____Sheʼrlar, T., 1958; Devon, T., 1963; Asarlar (2 j.li), 1-j., T., 1968; 2-j., 1-2-kitob, T., 1971; Devon (forstojik tilidagi gʻazallar), Dushanba, 1967; Uvaysiy va Nodira, T., 1994.

Adabiyot

  • Jalolov T., Oʻzbek shoiralari, 1-kitob, 2nashr, T., 1970; Abdullayev V., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 2-kitob, 1967; Qa-yumov A., Qoʻqon adabiy muhiti, T., 1961; Qodirova M., Davr Nodirasi (Nodiraning hayot va ijod yoʻli), T., 1991; Maʼna-viyat yulduzlari, T., 2001.

Mahbuba Qodirova.[1]

Nodira (Komila) (1792—1842) Taniqli shoira, davlat arbobi. Asl ismi Mohlaroyim, Andijon hokimi Rahmonqulibiy oilasida dunyoga keldi. 1808 yilda oʻsha paytda Margʻilon hokimi boʻlgan Amir Umarxonga turmushga chiqadi. 1810 yilda akasi Olimxon oʻrniga taxtga chiqqan Umarxon bilan Qoʻqonga keladi. 1822 yil Umarxonning fojeali vafotidan soʻng oʻgʻli Maʼdalixon bilan birga Qoʻqon xonligini boshqaradi. Madrasa, masjid, karvonsaroylar qurdiradi. Ilm ahliga rahnamolik, faqirlarga homiylik qiladi. 1842 yil Buxoro xoni Amir Nasrulloh tomonidan qatl etiladi.

Nodiraning sheʼriy merosi bir nechta devonlarining qoʻlyozmalari (inv. № 7768, 660, 2090) orqali yetib kelgan.Oʻzbekcha sheʼrlarida Komila va forsiyda Maknuna taxalluslari bilan ham asarlar yaratgan. Uning 10.000 misraga yaqin asari yetib kelgan. Gʻazal, muxammas, ruboiy, fard kabi koʻplab janrlardan faol foydalangan. Sheʼrlarida Navoiy, Fuzuliy, Bedil anʼanalarini davom ettirgan. Nodira gʻazallarida firoq, dard iztiroblari samimiy bayon qilingan.

Fayl:Nodira devon.jpg
Nodira devoni muqovasi

Nodira hayoti va ijodini oʻrganish oʻz davridanoq boshlangan. Hakimxon Toʻraning «Muntaxabut-tavorix», Avazmuhammad Attorning «Tuhvatut-tavorix», Ishoqxon Toʻraning «Tarixi Fargʻona», Mushrifning «Ansobus-salotin va tavorixi xavoqin» kabi tarixiy asarlarda, Uvaysiyning «Voqeoti Muhammadalixon», Nodir-Uzlatning «Haft gulshan» nomli dostonlarida Nodiraning iqtidori, faoliyati borasida qimmatli maʼlumotlar bayon etilgan.

Ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, X.Razzoqov, M.Qodirova kabi olimlar tomonidan oʻrganilgan.

Andijonda shoira nomiga shahar markazidagi shohkoʻchalardan biri, kinoteatr va boshqa madaniy muassasalar qoʻyilgan.

Nashr qilingan asarlari

  • Nodira. Devon. -T.: 1963;
  • Nodira. Ey, sarvi ravon. -T.: 1992;
  • Komila -Nodira. -T.: 2002.

Ilmiy adabiyot

  • A.Qayumov. Qoʻqon adabiy muhiti. -T.: 1961;
  • M.Qodirova. Nodira. -T.: 1965.

Hind yozuvi

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

http://kitobam.com/cr/nodira-mohlaroyim/