Kontent qismiga oʻtish

Eron ustonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uston (forscha: استان‎‎ / ostān; koʻplikda - استان‌ها / ostānhā) — Eron Islom Respublikasining maʼmuriy-hududiy boʻlinishi sistemasidagi eng yuqori darajali subyekt. Ustonning maʼmuriy markazi mavjud. Har bir uston shahristonlarga (forscha: شهرستان‎ / shahrestān — shaharlar toʻplami yoki viloyat deb tarjima qilsa boʻladi) boʻligan. Shahristonlar oʻz navbatida baxshxlarga (forscha: بخش / baxš — tuman deb tarjima qilsa boʻladi) boʻlingan.

Hozirgi paytda Eronda 31 ta uston mavjud. Ushbu ustonlar umumiy 402 ta shahristonga boʻlingan. Barcha shahristonlar umumiy 999 ta baxshga boʻlingan. Uston boshqaruvchisi — ustondor (forscha: استاندار / ostandār — ustonboshi, hokim yoki gubernator deb tarjima qilsa boʻladi) deb ataladi.

Eron ustonlari

Manbalar