Vikiombor
Qiyofa
![]() | |
Web-manzil | commons.wikimedia.org |
---|---|
Interwiki | c: |
Asosiy boʻlim | Koʻp tilli |
Asos solingan sana | 2004-yil 7-sentabr |
Asoschi | Vikimedia jamoati |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
Vikiombor (viki va ombor soʻzlarining birikmasi) (inglizcha: Wikimedia Commons) — erkin litsenziyali tasvir, tovush va boshqa multimedia fayllarni oʻzida jamlagan onlayn ombor. Vikipediya singari Vikiombor ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan tuziladi.
Vikiomborga yuklangan fayllardan Vikimedia Jamgʻarmasining barcha tildagi barcha loyihasida, jumladan, Vikipediya, Vikikitob, Vikigid, Vikiturlar, Vikimanba va Vikiyangiliklarda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, Vikiombor fayllarini oflayn foydalanish uchun yuklab olish mumkin. Vikiomborda 28 milliondan oshiq media fayl mavjud. 2013-yilning iyul oyida saytda qilingan tahrirlar soni 100 milliondan oshdi.[1]
Manbalar
- ↑ ÄŒesky. „100,000,000th edit“. Commons.wikimedia.org. Qaraldi: 2013-yil 22-avgust.
Havolalar
![]() |
Vikiomborda Vikiombor haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayt
- „OzodWiki Sizni ishga — omborchilikka taklif qiladi“, Ozodlik radiosi
Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalari | ||
---|---|---|
![]() | ||
Asoschilar | Jimmy Wales • Larry Sanger | |
Boshqa | Hududlardagi Vikimedia tashkilotlari |