Kontent qismiga oʻtish

Orqa miya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Orqa miya (rentgen)

Orqa miya — odam va umurtqali hayvonlar markaziy nerv sistemasining bir qismi, umurtqa pogʻonasi kanalida joylashgan. Koʻpchilik reflekslarda ishtirok etadi. Katta yoshdagi odamda uning uz. 41—45 sm, ogʻirligi 30 g cha. Odamda O.m. 31—33 segmentdan iborat, ularning har birida 2 juft nerv ildizi bor: oldingi (harakatlantiruvchi) ildizlar orqali impulslar O.m. hujayralaridan periferiyaga (skelet va tomir muskullari, ichki aʼzolarga) oʻtadi. Orqa (sezuvchi) ildizlar impulyelarni teri, muskul, ichki aʼzolar retseptorlaridan O.m.ga oʻtkazadi. O.m.ning 2 tomonida oldingi va orqa ildizlar oʻzaro birlashib, aralash orqa miya nervlarinm hosil qiladi. O.m.ning markaziy qismi kulrang moddasi nerv hujayralarining toʻplamlaridan, periferik qismi — oq moddasi nerv tolalarining toʻplamlaridan iborat. Nerv tolalari O.m. hujayralarini bir-biriga, shuningdek, bosh miyaga bogʻlab turadi. O.m. koʻndalangiga kesilganda kulrang moddasi "kapalak" nusxa boʻladi; unda ol-dingi va orqa shoxlar farq qilinadi. O.m.ning koʻkrak boʻlimidagi va bel boʻlimining yuqori qismidagi yon shoxlarda simpatik nerv sistemasining qujayralari bor (q. Vegetativ nerv sistemasi), tolalar gavdaning hamma aʼzolariga boradi.

O.m. miya pardalar va orqa miya suyuqligi bilan oʻralgan. Uning oq moddasini tashkil etadigan, markazga intiluvchi nerv tolalari badandan ogʻriq, t-ra va b. sezgi impulslarini bosh miyaga oʻtkazib, shu tariqa aʼzolar holati, shuningdek, tashqi muhitdagi ahvol haqida signal berib turadi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil