Nikolay Rimskiy-Korsakov
Rimskiy-korsakov Nikolay Andreyevich (1844.18.3, Tixvin — 1908.21.6, hozirgi Leningrad viloyati) — rus kompozitori, pedagog , dirijyor, musiqajamoat arbobi. "Qudratli toʻda"ning aʼzosi. Peterburg konservatoriyasi prof. (1871 y.dan). "Qor qiz" (1881), "Sadko" (1896), "Shoh Sulton haqida ertak" (1900), "Oltin xoʻrozcha" (1907) kabi operalarda rivoyat, afsona va ertaklarga keng murojaat etib, xalq orzu va niyatlari, hayotbaxsh tabiat goʻzalligini madh etgan. Tarixiy mavzularga asoslangan "Pskovlik qiz" (1872), "Shoh qayligʻi" (1898) va b. operalari bilan erksevarlik, xalqchillik gʻoyalarini olgʻa surgan, rus musiqali dramasini yuksak pogʻonaga koʻtargan. R.K. — garmoniya va orkestrlashning mohir ustasi. Sharq mavzularidagi "Antar" (1868) va "Shahrizoda" (1888), "Ispancha kaprichchio" (1887) kabi asarlarida programmali simfonik musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Uning 2 ta "Rus xalq qoʻshiqlari" toʻplami (1877, 1882), "Garmoniyadan amaliy darelik" (1886), "Orkestrlash asoslari" (1913) va b. asarlari rus va jahon kompozitorlik ijodiyotiga samarali taʼsir etdi. [1]
Manbalar
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |