Kontent qismiga oʻtish

Qishliq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
26-may 2013, 16:20 dagi CoderSIBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Qishliq (rus manbalarida Kashlik), Sibir — Sibir xonliginit poytaxti (15-a.ning oxiridan). tobolsk sh.dan 17 km yuqorida, Irtish daryosining oʻng qirgʻogʻida, Sibirka irmogʻining quyilish joyida joylashgan. 14-a. boshlaridan maʼlum. 16-a.da Q. aholisi savdo va hunarmandchilik (temirchilik, toʻqimachilik, etikdoʻzlik, moʻynadoʻzlik, suyakdan buyumlar yasash), baliq ovlash, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Q. atrofida istehkomli bir qancha mayda shaharchalar boʻlib, ularda xon va uning qarindoshlari yashagan. 1582 y. kuzida Yermak qoʻshinlari tomonidan bosib olingandan soʻng Q.da hayot soʻngan. Q.da (Iskar shahar xarobasida — tatarcha Eski yer) 1915 y. V.N.Pignatti qazishma ishlari olib borgan.