Danlar
Danlar, daniyaliklar (oʻzlarini danskere deb ataydilar) — xalq. Daniyaning asosiy aholisi (5 mln. kishiga yaqin). Shuningdek, Shvetsiya, Norvegiya, Germaniya, AQSH, Kanada va b. mamlakatlarda yashaydilar. Umumiy soni 5,6 mln. kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Yevropeoid irqiga mansub. Dan tilida soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, lyuteranlar, protestantlar, katoliklar ham bor. Kadimda Daniyaning hoz. hududida german qabilalari (kimvrlar, yutlar, angllar, sakslar) joylashgan; 5—6-a.larda Jan. Shvetsiyadan german qabilalaridan boʻlgan danlar bostirib kirgan. 6—8-a.
larda bu qabilalarda ibtidoiy tuzum parchalanish jarayoni sodir boʻlgan; 10—11-a.larda ulardan yagona dan elati vujudga kelgan; ilk davlat tuzilgan. 19-a.
da dan millati shakllangan. Anʼanaviy mashgʻulotlari — dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek, hunarmandchilikning temirchilik, zargarlik, kulolchilik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtachilik, gilam toʻqish va b. turlari ham rivojlangan.
Adabiyot
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |