Kontent qismiga oʻtish

Anomaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2013-yil 9-mart, 21:46 dagi CoderSIBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Anomaliya (yun. anomalia) — me’yor (norma)dan chetga chiqish (og‘ish); umumiy 533qonuniyatga zid holat: 1) biologiya va tib-biyotda — biror a’zo yoki butun organizm tuzilishi va funksiyasining odatdagidan ko‘ra boshqacharoq bo‘lishi, normadan chet-ga chiqishi. Odam va hayvonlardagi A.lar tug‘ma (ona qornidayoq) va tug‘ilgandan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Tug‘ma nuqsonlardan majruhlik ko‘proq uch-raydi. Orttirilgan A. (eshitish va ko‘rish nuqsonlari, aqliy rivojlanish-dan orqada qolish) turli kasalliklar oqibatida vujudga keladi; 2) pedagogika va psixologiyada — shaxsning jismoniy va aqliy rivojlanishda normadan chet-ga chiqishi. Bolalar A. sini maxsus ped. (defektologiya) o‘rganadi. Bosh miyada biror nuqsonni to‘ldirib yuborish xu-susiyati kuchli bo‘lganligi uchun bolalar-da A. hodisasiga qarshi keng pedagogik ishlar olib borish mumkin; 3) magnit A.lar — Yer sirtidagi magnit maydon qiymatining me’yordagidan og‘ishi, ya’ni qiymati magnit A. tarqalish hududidan ancha katta bo‘lgan hududda geomagnit maydonni ifodalaydi. Qamrab olingan hudud kattaligi bo‘yicha mintaqaviy, hududiy va cheklangan magnit A.lariga bo‘linadi; 4) og‘irlik kuchi Axi — amal-dagi ogirlik b-n yer sharining tuzili-shiga qarab hisoblab chiqilgan og‘irlik kuchi o‘rtasidagi farq; bu farq yer shari-ning umumiy tuzilishiga va kuzatilayot-gan nuqta atrofidagi tog‘ jinslarining zichligiga bog‘liq. Jinslar zichligi yer sharining o‘rtacha zichligidan farq qilsa, og‘irlik kuchi A. si ro‘y beradi. Ogir-lik kuchi va magnit A.larini o‘rganish geologik tadqiqotlarda, xususan, foy-dali qazilmalarni geofizik usullar b-n qidirishda keng qo‘llaniladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil