Gʻarbiy Avstraliya
Gʻarbiy Avstraliya - Avstraliya Ittifoqining gʻarbiy qismidagi shtat. Maydoni 2,53 ming km2. Aholisi 1,9 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Pert shahri Yer yuzasining aksari qismi balandligi 400–500 m li choʻlli plato (Gibson, Katta Qumli, Katta Viktoriya choʻllari). Shoʻr koʻl koʻp. Shimolida savannalar bor. Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy qismida togʻ tizmalari va massivlar uchraydi. Eng baland joyi 1226 m (Xamersli togʻi).
Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — chorvachilik, asosan, jun uchun qoʻy boqiladi. Bugʻdoy, arpa, suli ekiladi. Jan.-gʻarbida tokchilik va bogʻdorchilik rivojlangan. Shim.-gʻarbiy qismida, Ord daryosi boʻyida sugʻorib dehqonchilik qilinadi: paxta, sholi, shakarqamish ekiladi. Foydali qazil-malardan oltin, temir rudalarining yirik konlari bor. Nikel, boksit, toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi. Qora va rangli metallurgiya sanoatlari rivojlangan. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Yirik sanoat markazlari: Frimantl, Kuinana, Kalgurli va boshqa
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |