Klinik oʻlim
Qiyofa
Klinik oʻlim, hayot funksiyalarini tiklash imkoni qolmaguncha, yaʼni biologik oʻlimgacha boʻlgan davr. Bunda hayotning tashqi belgilari (yurak urishi, nafas) 3—5 daqiqa yoʻqoladi, markaziy nerv sistemasi funksiyalari soʻnadi, lekin moddalar almashinuvi jarayoni saqlanadi. Agarda klinik oʻlim holatida bemorga tez yordam koʻrsatilmasa biologik oʻlim holatiga oʻtadi. Bu holatda bemorni qutqarishning ilojisi yoʻq[1].
Manbalar
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |