Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Rimskiy-Korsakov: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
 
( 4 oraliq tahriri bir xil foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilmagan)
Qator 13: Qator 13:
[[Turkum:Rus kompozitorlari]]
[[Turkum:Rus kompozitorlari]]
[[Turkum:18-martda tugʻilganlar]]
[[Turkum:18-martda tugʻilganlar]]
[[Turkum:1844-yilda tugʻilganlar]]
[[Turkum:1908-yilda vafot etganlar]]
[[Turkum:21-iyunda vafot etganlar]]

2024-yil 6-sentyabr, 04:46 dagi (joriy) koʻrinishi

Valentin Serov tomonidan 1898-yilda chizilgan portreti

Nikolay Andreyevich Rimskiy-Korsakov (18-mart 1844-yil, Tixvin — 21-iyun 1908-yil, hozirgi Leningrad viloyati) — rus kompozitori, pedagog, dirijyor, musiqa jamoat arbobi. “Qudratli toʻda”ning aʼzosi. Peterburg konservatoriyasida professor (1871-yildan). “Qor qiz” (1881), “Sadko” (1896), Shoh “Sulton haqida ertak” (1900), “Oltin xoʻrozcha” (1907) kabi operalarda rivoyat, afsona va ertaklarga keng murojaat etib, xalq orzu va niyatlari, hayotbaxsh tabiat goʻzalligini madh etgan.

Tarixiy mavzularga asoslangan “Pskovlik qiz” (1872), “Shoh qayligʻi” (1898) va boshqa operalari bilan erksevarlik, xalqchillik gʻoyalarini olgʻa surgan, rus musiqali dramasini yuksak pogʻonaga koʻtargan. Rimskiy-Korsakov — garmoniya va orkestrlashning mohir ustasi. Sharq mavzularidagi “Antar” (1868) va “Shahrizoda” (1888), “Ispancha kaprichchio” (1887) kabi asarlarida programmali simfonik musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Uning 2 ta “Rus xalq qoʻshiqlari” toʻplami (1877, 1882), “Garmoniyadan amaliy darslik” (1886), “Orkestrlash asoslari” (1913) va boshqa asarlari rus va jahon kompozitorlik ijodiyotiga samarali taʼsir etdi.[1]

  1. "Rimskiy-Korsakov Nikolay Andreyevich" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil