Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

qo-ra

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

QORA 'koʻmir tusidagi'; ’eng toʻq rang'. Laganlar boʻshayozganda eishkdan sersavlat bir h o r a odam kirib keldi (Parda Tursun). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni va boshqa bir necha maʼnoni anglatgan bu sifat asli qara tarzida talaffuz qilingan (Devon, III, 240; DS, 422; ПДП, 411); oʻzbek tilida birinchi boʻgʻindagi a unlisi â unlisiga, ikkinchi boʻgʻindagi a unlisi ä unlisiga almashgan: qara > qârä.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 Rang-tusi mavjud ranglarning barchasidan toʻq; qozonkuya, koʻmir tusidagi; zid. oq. ◆ Qora qozon. Qora soch. Qora koʻz. Qora siyoh. n ◆ Moʻttixon.. bugʻdoyrang, qora qosh ayol edi. S. Zunnunova, „Olov“ . ◆ Chayla qamishlari allaqachon yonib bitib, yogʻochlarigina qora koʻmir boʻlib, chars-chars qilib tutab yotardi.

N. Fozilov, Diydor.

2 Shu tusga moyil toʻq rangli; qoramtir. ◆ Qora non. Qora gilos. Qora tuproq. Qora bulut. yaya Nimqorongʻida ruxsoridagi noʻ-xatdek qora xolini aniq koʻrdi. S. Karomatov, „Oltin qum“ . ◆ Qorani qora demanglar, Qoraning ori keladi. Qora mayiz yeganda, Qandday shirin keladi. "Qoʻshiqlar" . ◆ Mulla Obid boʻlsa, aftiga qora balchiq sachratib, oʻzining mashhur ketmoni bilan ish koʻradi. A. Qodiriy, „Obid ketmon“ .

3 Is, qurum bosgan, qoraygan yoki oq-lanmagan, pardozlanmagan. ◆ Qora uy. yash Do-lonning oʻng tarafidagi kichik qora hujra-da Polvonning ota-onasi va bobolari umr kechirgan. J. Sharipov, „Xorazm“ .

4 Qorongʻi; nursiz, ziyosiz; zid. yorugʻ. ◆ Bu kungi kech Otabek bilan Homidning hayot va mamot masalalarini oʻzining qora quchogʻiga olgan qorongʻi bir tun edi.. A. Qodiriy, „Oʻt-gan kunlar“ . ◆ Demak, yuzimning bir tomoni kundek yorugʻ-u, bir tomoni tundek qora ekan. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ . ◆ Uch qadrdon, uch opa-singil Zulmat quchgan qora oʻrmonda. X. Davron, „Qaqnus“ .

5 Shaxmat, shashka kabi oʻyinlarda oqqa zid donalar va shu donalar bilan oʻynovchi tomon. ◆ Qora bilan oʻynamoq. Qoralar yutdi.

6 ot Qora yoki qoraga moyil narsa (kiyim, mato va sh.k.). ◆ Bayroqlarga qora tut-moq (taqmoq), Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar.. Maqol . m ◆ Keng qiiiyuqni partizan-ning Motami qoplab oldi: Qora taqdi har bilak. A. Umariy .

7 ot Biror narsaning uzoqdan yoki qo-rongʻidan koʻzga tashlanuvchi aksi, ifodasi; sharpa. ◆ Oppoq qorda odam/shrning qorasi yelib-yugurardi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Mashina yorugʻidan ham talvasaga tushib, oldinda chopib borayotgan jayran qorasiga koʻzi tushib, yuragi hapriqibketdi. M. Mansurov, „Yombi“ . ◆ Koʻp oʻtmay havo burchida azamat havo laynerining qorasi koʻrindi. S. Axmad, „Jimjitlik“ .

8 ot Moʻljalga olingan yoki olinadigan narsa, nishon; moʻljal. ◆ Qoraga olmoq. n ◆ Birinchi otgan yoy qoradan bir quloch yuqori ketdi. "Latifalar" . ◆ Mergan boʻlsang, oʻshal ogʻochni qoraga olib otgʻil. M. Osim, „Oʻtror“ .

9 koʻchma Umuman, salbiy belgini, sal-biy belgiga egalikni bildiradi; yomon. ◆ Qora niyat. Qora kuchlar. yat Kechirasiz, men shi-ringina bazmingizni qora xabar bilan muz-latib qoʻydim. Oybek, „O“ . v. shabadalar. ◆ Pa-ranji qursin, meni shunday qora kunlarga soldi. Hamza, „Paranji sirlari“ . ◆ Kalladan qora xayollarni quvish kerak, tushkunlik eng yomon dushman. F. Musajonov, Himmat. Shu gap bilan boshqa!shr Qoldi yer chizib. Dora, shum tilayutri Har yonni kezib. Gʻayratiy.

10 ot koʻchma Notoʻgʻri, yomon, yaramas narsa, ish. ◆ Aroqning oʻzi oq, qilmishi — qora. "Qanotli soʻzlar" . ◆ Gulnor endi man tort-madi. Sof nomusiga otilgan qorani butun-lay yuvib tashlashga jazm qildi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Akangizga qora yuqtir-maslik uchun Oʻktamni ham oqlayapsizmi endi? S. Zunnunova, „Koʻzlar“ .

11 Baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanib, ular anglatgan narsaga xos belgi-xolatning kuchli darajasini bildiradi. Dora sovuq. Dora qon yigʻlatmoq. shsh Dora qishda toʻy qilmay, Battar boʻlgur nokas gov.. A. Ori-pov, Yillar armoni. ◆ Nima qiladi oʻzini qora qiynoqqa solib?! A. Muxtor, „Tugʻilish“ . ◆ Shundan keyin.. terlab-pishib, qora terga tushib ketdi. M. Mansurov, „Yombi“ .

12 koʻchma esk. Maʼlum miqdordagi yaxlit summa. ◆ Bir qora choʻzsak, kifoya deboʻylayman, ozmi, ming soʻlkavoy. Oybek, „Ulugʻ yoʻl“ .

Ichi (yoki dili, koʻngli, yuragi) qora Oʻz-ganing muvaffaqiyatini koʻrolmaydigan; yaxshilik, muvaffaqiyat tilamaydigan. ◆ Dili qoraning qilmishi qiyiqlik. Maqol. n ◆ E-e-e, bu ham boylar singari oʻz nafsini oʻy-laydigan, ichi qora odam ekan-da! H. Tur-sunqulov, „Hayotim qissasi“ . Yuzi (yoki beti) qora q. yuz I. Qora yer boʻlmoq salb. Oʻlmoq, yerga kirmoq. ◆ Kimsanoy u yoqda, kuyov boʻlmay qora yer boʻlgur na oʻligini koʻrsatadi, na tirigini. A. Qaxxor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . Qora kiymoq Aza, motam libosini kiymoq (qora, koʻk kabi qora va qoraga moyil kiyim haqida). ◆ Yusufbek hoji xatmi qurʼon qilib, yurtga osh berdi. Oʻzbek oyim qora kiyib, taʼziya ochdi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Qora kursi (yoki stul) q. kursi. Dora kursiga oʻtirayotgan jinoyatchiga oʻxshab qol-ganidan, yuzlari lovumab ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol. ◆ Unda [cypamdaj qora stulda hukm qilingan gunohkorlar oʻti-rardi. Gazetadan . Qora mehnat (yoki ish) Mahorat, malaka talab etmaydigan, oddiy, Xatto maʼlum darajada iflosligi boʻlgan mehnat, ish. ◆ Manglayimizga bitilgani shu qora mehnat ekan, netamiz. S. Siyoyev, „Yorugʻ-lik“ . ◆ ..oʻquv haqi jamgʻarish uchun har qanday ogʻir, qora mehnatdan hazar qilmadim. Oybek, „Hyp qidirib“ . ◆ -Tortinma, Komiljon, — dedi u jiddiy, — qora ishga ham tayyorman. I. Raxim, „Ixlos“ . Qora torgmok, 1) yordam, Ximoya umidida boʻlmoq; oʻziniki (yaqin) bilmoq; orqa qilmoq. ◆ Men sizni qora tor-tib keldim, Oʻrmonjon aka. Sizdan boshqa hech kimga gapira olmayman. A. Qaxxor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Keyin bobomizni qora tortib, bu yerga keldik, xotinliyam boʻldik. "Yoshlik"; 2) bir obʼyektni moʻljal qilib olmoq, „ish-xarakatning boisi deb bilmoq“ . ◆ Gʻayrati ichiga sigʻmagan jon borki, bari qishloq biqinidagi tepalikni qora tort-gan. N. Norqobilov, „Bekatdagi oquycha“ . Qora xalq (yoki odam) Madaniyat, maʼrifat, bilim kabilarga ega emas; omi, tushunmagan. Dora xalqda tobelik, ikrom, andisha qolurmi..
S. Siyoyev, Avaz. ◆ Qora xalq uni qarsaklar bilan olqishladi. K. Yashin, „Hamza“ . Ogʻayni, men k,ora odamman. Zargar Yodgorbek boshimni ay-lantirgan ekan. N. Safarov, Sharq tongi. Qora chaqam yoʻq ayn. sariq chaqam yoʻq k- chaqa
I. Ammo yonida kora chaqasi yoʻq odamga bu [sakkiz yuz soʻm]jahannamning kilkoʻp-rigiday mudhish narsa. Oybek, Tanlangan asarlar. Qora qilmoq 1) ayn. qora tortmoq. Qarindoshlarini kora qshtb, bu yerlarga kelib qolgan; 2) ayn. qoralamoq 4. Ular ot izini kora qsh>ib, boʻri uchragan tepalikka borishdi.. S. Nurov, Narvoy. ◆ Ular ertalab oʻtgan koʻy suruvlarining izini qora kilib.. tepaliklar osha yurishdi. A. Hasanov, „Chiroq-lar“ . Qorasi oʻchmoq Koʻrinmay ketmoq, yoʻq boʻlmoq. Poyezdning korasi oʻchguncha moʻltirab qarab turdim, keyin yigʻlab-yigʻlab, izimga kaytdim. S. Siyoyev, Yorugʻlik. Qorasini koʻr-satmoq Koʻrinish bermoq. ◆ Polvon bolam-ku, qorasini koʻrsatmay, suvga tushgandek gʻoyib boʻldi. S. Ahmad, „Ufq“ . Qorasini olmoq Kora-sini ilgʻamoq, koʻrmoq. ◆ Kunning oʻzi peshin vaqti boʻlganda, Poygachilar qorasini oladi. "Alpomish" .

13 Qora (erkaklar ismi).

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ҚОРА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

qora

qora
1 прям. и перен. чёрный; ◆ qora boʻyoq чёрная краска; ◆ qora guruh ист. полит. чёрная сотня; ◆ qora yer 1) чернозём; 2) земля под огородами; 3) перен. могила; ◆ qora ish чёрная работа; ◆ qora ishchi чернорабочий; ◆ qora koʻylakchi ист. чернорубашечник; ◆ qora toʻrdan kelgan odam = qorachadan kelgan odam (см. qoracha); ◆ qoralar шахм. чёрные; ◆ yurish qoralardan ход чёрных; ◆ qora-qura bolalar черномазые дети;
2 тёмный (о цвете), вороной (о масти); ◆ qora ot вороная лошадь; ◆ qora qizil темно-бордовый;
3 перен. мрачный, безотрадный; ◆ baxti qora несчастный, злосчастный;
4 перен. преступный, злой, дурной; ◆ qora niyatlar преступные, злые намерения; ichi (или koʻngli) ◆ qora или ◆  qora yurak odam 1) завистливый человек; 2) таящий коварные замыслы человек; зложелатель;
5 тьма, темень; чернота; ◆ Kechaning tim qorasida yulduzlar yorqin yonadi (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») В непроглядной тьме ночи ярко горят звёзды;
6 тёмное пятно; силуэт, очертание, тень; ◆ uzoqdan bir kishining qorasi koʻrindi вдали показался силуэт человека; ◆ qorasi oʻchdi он исчез, скрылся, его не видно; ◆ qorangni oʻchir или ◆  qorangni koʻrsatma скройся; уходи, проваливай;
7 уст. мишень; ◆ Birinchi otgan yoy qoradan bir quloch yuqori ketdi («Афанди») Первая стрела пролетела на сажень выше мишени;
8 траур, траурная одежда; ◆ qora kiymoq надевать траур; носить траур;
9 Кара (имя собств. мужское);
10 входит в состав названий ряда животных и растений; ◆ qora bosh chumchuq снегирь; ◆ qora ilon гадюка; ◆ qora koʻza овёс Людовика; ◆ qora olaqanot шилоклювка; ◆ qora olu слива домашняя; ◆ qora saksovul чёрный саксаул; ◆ qora sulu овсюг пустой; ◆ qora terak 1) чёрный тополь; 2) осокорь; ◆ qora tuproq чернозём; ◆ qora tut шелковица, дающая чёрные плоды; ◆ qora chayir пальчатка; ◆ qora chigirtka сверчок; ◆ qora chugʻurchuq скворец чёрный; ◆ qora shuvoq полынь чёрная; ◆ qora ekin обл. огородные и бахчевые культуры; ◆ qora urganji с.-х. ургенчская дыня (название сорта дыни); * ◆ koʻz qorasi зрачок; ◆ koʻz qora siday saqlamoq хранить как зеницу ока; беречь пуще глаза; ◆ oq-qorani tanigan (букв. отличающий белое от чёрного) бывалый, видавший виды; ◆ yuzi qora опозоренный; пристыженный; ◆ soʻraganning bir yuzi qora, bermaganning ikni yuzi qora погов. (букв. у просящего одна щека черна, а у того, кто отказывает, обе) просящему позор, а отказавшему - дважды позор; ◆ yuziga qora surtmoq клеймить позором; предавать позору; yurakka (или koʻngilga) ◆ qora olmoq подозревать, заподозрить; ◆ qora kursi скамья подсудимых; ◆ qora chaqa медная монета; гроши; ◆ yonida qora chaqasi yoʻq у него и гроша ломаного нет; ◆ qora chiroq коптилка; ◆ qora xalq уст. чернь, простонародье; ◆ qora xat извещение о смерти.


Shuningdek qarang

tahrirlash
Ranglar Belgilangan va · ranglar (layout · text)
     qizil      jigarrang      sariq      yashil      churrok      koʻk      nil boʻyogʻi
     pushti      olov rang      krem rang      ohak      shisha kindigi      lojuvard      binafsha
     manaksha      magenta      qora      kulrang      oq