WhatsApp

Meta Platformsga tegishli mobil lahzali messenjer va ijtimoiy media xizmati

WhatsApp Messenger (talaffuzi: Uotsapp messenjer;[1] inglizchadan Whatʼs up? — „Nima gaplar?“ va appilova) smartfonlar uchun propriyetar, kross-platforma darhol xabarlashuv obuna xizmatdir. Matn xabarlashuvdan tashqari foydalanuvchilar bir-birlariga tasvir, video va audio xabarlar yuborishlari mumkin. Mijoz dastur Google Android, Windows, BlackBerry OS, Apple iOS, Nokia Series 40, Symbian, Nokia Asha platform va Microsoft Windows Phone uchun mavjud. WhatsApp Inc. 2009-yilda amerikaliklar, sobiq Yahoo! xodimlari Brian Acton va Jan Koum tomonidan ochilib, Mountain View, Kaliforniyada joylashgan.[2][3]

WhatsApp
Ishlab chiquvchiWhatsApp Inc.
Facebook Inc.
Chiqarilgan sana2009-yil
Yozilgan til(lar)ikoʻptilli
JanrDarhol xabarlashuv
LitsenziyaPropriyetar
Vebsayt:whatsapp.com

Osiyolik xabarlashuv xizmatlari (LINE, KakaoTalk, WeChat kabi) bilan raqobatda boʻlgan WhatsApp 2012-yil avgustida kuniga oʻn milliard xabar oʻtkazdi.[4] 2013-yil 13-iyunida WhatsApp Twitter hisobida kuniga 27 milliard xabar oʻtkazib, rekord oʻrnatganini eʼlon qildi.[5] Financial Times gazetasiga binoan, „Skype xalqaro telefonlashuvga nima qilgan boʻlsa, WhatsApp SMSga xuddi shunday qildi.“[6]

2013-yil noyabriga kelib WhatsApp oylik foydalanuvchilari soni 190 millionga, ulashilgan fotolar soni 400 millionga yetdi.[7][8] 2013-yil dekabrida WhatsApp blogi oylik faol foydalanuvchilar soni 400 millionga yetgani haqida iddao qildi.[9]

2014-yil 19-fevralida Facebook WhatsAppʼni $19 milliardga sotib olishini bildirdi. Facebook shundan $4 milliardni naqd, $12 milliardni Facebook hissalarida, $3 milliardni keyingi toʻrt yil davomida faqat WhatsApp asoschilari va xodimlari tomonidan olinadigan xizmat uchun ajratiluvchi aksiyalarda berishini va WhatsApp messendjerining asoschilaridan biri boʻlmish Yan Kum (Jan Koum) direktorlar kengashi aʼzosi etib tayinlanishini eʼlon qildi.[10]

Qiziq faktlar

tahrir

WhatsAppning Server dasturiy taʼminoti Erlang tilida yozilgan; 2012-yilning yanvar oyida WhatsApp serverlari FreeBSD OTidan foydalanishgan, ularda 96 Gb operativ xotira oʻrnatilgan boʻlib, ularning har biri 1 dan 2,8 milliongacha bogʻlanishni amalga oshira olgan. Bir kunda WhatsApp 10 mlrd.ga yaqin maʼlumotlarni yetkazib bera olgan (2012-yil avgust). 2013-yil iyun oyida kompaniyaning xabar berishicha, rekord oʻrnatilgan kuni ular 10 mlrd.dan ortiq xabarni qabul qilgan va 17 mlrd xabarni yetkazib bera olgan.

„WhatsApp“ga atalgan oʻzbek film ishlashdi bosh rollarda: Mirza Azizov, Shahzoda Muhammedova, Adis Rajabov va boshqalar.

Manbalar

tahrir
  1. „WhatsApp pronunciation: How to pronounce WhatsApp in English“. Qaraldi: 20-fevral 2014.
  2. El pais, 9-iyul 2012-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ().
  3. Eric, Jackson „Why Selling WhatsApp To Facebook Would Be The Biggest Mistake of Jan Koum's and Brian Acton's Lives“. Forbes (3-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 3-may 2013-yil.
  4. Olanof, Drew. „WhatsApp hits new record with 10 billion total messages in one day“. The Next Web (23-avgust 2012-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2008-yil.
  5. WhatsApp, 27 Billion msgs handled in just 24 hours! (µblog), Tweeter, „New daily record: 10B+ msgs sent (inbound) and 17B+ msgs received (outbound) by our users“
  6. Bradshaw, Tim. „WhatsApp users get the message“ (14-noyabr 2011-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2013-yil.
  7. „Whatʻs app: 190 million monthly active users“, The Verge, 6-avgust 2013-yil, qaraldi: 22-oktabr 2013-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ().
  8. Parmy Olson.. „Teenagers say goodbye to Facebook and hello to messenger apps“ (10-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2013-yil.
  9. Jan Koum. „400 Million Stories“. WhatsApp Blog. WhatsApp (19-dekabr 2013-yil). 12-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-yanvar 2014-yil.
  10. February 2014 „Facebook to Acquire WhatsApp“ (19-fevral 2014-yil).

Havolalar

tahrir