Toshsoqa
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Toshsoqa — Xorazm viloyatidagi yirik sugorish kanali. Amudaryoning chap qirgʻogʻidan boshlanadi. Daryoda suvning koʻpkamligiga qarab suv 2 kanaldan: 1939—40 yillarda qurilgan Eski Toshsoqa (uz. 34 km; suv sarfi 285 m³/s) va 1964-yilda kurilgan Yangi Tuyamoʻyin (210m³/s ga moʻljallangan, amalda 90 m³ suv oladi) kanallari orqali olinadi. Eski Toshsoqa kanalining 34 km da qurilgan suvayirgʻich bilan tugaydi. Bu yerdan respublikalararo Shovot (uz. 150 km, bosh qismida suv sarfi 125 m³/s), PolvonGʻazovot (uz. 31 km, suv sarfi 170 m³/s) va xoʻjaliklararo Xonqaarna kanali (uz. 24 km, suv sarfi 11 m³/s) boshlanadi. T. suvi bilan Xorazm viloyatining Xonqa, Urganch, Bogʻot, Shovot tumanlaridagi 138,4 ming ga, Turkmanistonning Taxti tumanidagi 94,1 ming ga yer sugʻoriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |