Sedan
Sedan (Fransiyadagi Sedan shahri nomi bilan bogʻliq, deb taxmin qilinadi) – yengil avtomobil kuzovining nomi. S.ning 4 eshigi va orasida toʻsigʻi boʻlmagan kamida 2 qator oʻrindiklari boʻladi. S. juda mustahkam yuk koʻtaruvchi konstruksiyani hosil qilishga imkon beradi. Masalan, BA32101, GAZ31 („Volga“), „Neksiya“ va boshqa avtomobillarning kuzovi S. tipida yasalgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |