Birinchi va ohirgi sayohati boʻlgan haybatli kemaning koʻrinishi
Mamlakat: Buyuk Britaniya
Maqomi: Yoʻlovchi kemasi
Hodisasi: Choʻkib ketgan
Tashkilot: White Star Line
Tayyorlovchi shirkat: "Harland and Wolff"
Kema qurilishiga buyurtma berilgan sana: 17-sentabr 1908
Qurilish boshlangan sana: 31-mart 1909
Suvga qoʻyilgan sana: 31-may 1911
Portdan chiqilgan: 10-aprel 1912
Yoʻlga tushilgan sana: 10-aprel 1912
Choʻkib ketgan: 15-aprel 1912
Hususiyatlari
Moʻljallangan odam: 3,300 nafar
Yoʻlovchilari: 2,224 nafar
Ixtirochisi: Tomas Endryus
Uzunligi: 269,1 m
Eni: 28,19 m
Quvvati: 55 min. o.k.
Balandligi: 18,4 m
Tezligi: 24-25 uzla
Ekipaj aʼzolari: 908 nafar

Titanik (RMS Titanic) – Buyuk Britaniya paroxod kompaniyasi „White Star Line“ tomonidan ishlab chiqilgan, Olimpik kemasining egizagiga oʻxshagan uchta kemaning ikkinchisi. Qurilish jarayonida dunyoning eng yirik kema sanalgan sayohatchi kema birirnchi 1912-yili 14-aprel sanasida safar chogʻida Atlantika Okeanida aysbergga urilib 5 soat-u 10 daqiqada suv qariga gʻarq boʻlgan.

Kema birinchi class qulaylik va hashamatning eng yuqori darajadagi qulaylik va hashamatni oʻz ichiga olgan. Birinchi classda sport zali, hovuz, tamakilar uchun xonalar, yaxshi restoranlar va kafelar, viktoriyalik turk hammoni va yuzlab hashamatli xonalari boʻlgan. Titanikda eng soʻngi texnologik xavfsizlik qurilmalari qoʻllangan.

Titanik 16 ta qutqaruv qayiqlari uchun shlyublar bilan jihozlangan edi, har bir shlyub 3 tadan qutqaruv qayigʻini oʻziga sigʻdirolgan bu esa 48 ta qutqaruv qayigʻi degani. Oʻzining juda katta imkoniyatlariga qaramay kemada faqatgina 20 ta qutqaruv qayigʻi mavjud boʻlgan. 14 ta qayiq oddiy, 2 tasi kater va 4 ta qayiqni choʻkish jarayonida suvga tushirish imkonsiz boʻlgan. 20 ta qutqaruv qayigʻi bilan bortdagi 1178 ta inson hayotini saqlab qolish mumkin boʻlgan. Britaniya qonunlariga muvofiq 10.000 tonna vaznga ega kemalarda 14 ta qutqaruv qayigʻi boʻlishi kerak, Titanikda ogʻirlik koʻrsatkichi 6 barobarga yuqori boʻlgani uchun unda koʻproq qutqaruv qayiqlari boʻlishi kerak boʻlgan. Kema choʻkkanida qutqaruv qayiqlarining faqatgina 60% toʻlgan boʻlgan.

Bortda joylashgan insonlarning 1316 tasi oddiy yoʻlovchilar, 908 tasi ekipaj aʼzolari jami boʻlib 2224ta odamni tashkil qilgan. Ulardan 710 tasi voqea joyidan qutqarilgan, 1514 ta inson xalok boʻlgan. Bu kema halokati butun dunyoning shov-shuvli yangiligiga aylanib ulgurgani bois, ushbu kema haqida bir necha xujjatli filmlar surʼatga olingan.

Titanik – bu dunyoga juda maʼlum va mashur boʻlgan kema ixtirochisi Tomas Endryus eng dahshatli halokat yuz bersa ham „Titanik“ uch kechan – kunduz choʻkmasdan, suv yuzida turishi mumkinligiga odamlarni ishontirgan. Ammo Titanikning okean boʻylab birinchi va oxirgi safari qatnashchisi sifatida salkam uch ming sayyohlar ishtirokida oʻzining bu fikri notoʻgʻri ekanligini tan olgan…

Umumiy

tahrir

Titanik nomi Yunon mifologiyasidagi Titan soʻzidan kelib chiqqan.Buyuk Britaniya va Irlandiya Birlashgan Qirolligi boʻlgan davrlarda qurilgan RMS Titanik uchta Olimpiya sinfidagi okean kemalari orasida ikkinchi boʻlgan – etakchi kema RMS Olympic va sinfdagi oxirgi kema HMHS Britannic boʻlgan. Kemalar 1912-yilda 29 ta bugʻ kemasini va tenderlarini oʻz ichiga olgan Britaniya kemachilik kompaniyasi „White Star Line“ flotining eng yirik kemalari hisoblangan. Uch kema yaratilishi haqida kelishuv 1907 yil Oq Yulduz liniyasi raisi J. Bruce Ismay va Oq Yulduzlar liniyasi ona korporatsiyasi, International Mercantile Marine korporatsiyasni (IMM) boshqargan amerikalik moliyachi J. P.J. P. Morgan oʻrtasida boʻlib oʻtgan.

Kemalar Belfast kema quruvchi kompaniyasi Harland & Wolff tomonidan qurilgan va kompaniyaning 1867-yildan beri Oq Yulduz liniyasi bilan uzoq vaqtdan beri mustahkam munosabatlari boʻlgan. Harland & Wolff oʻzlarining eng yaxshi dizaynerlarini Olimpiya sinfidagi kemalarni ishlab chiqish loyihasini topshirgan. Harland & Wolff 1908-yil 29-iyul kuni J. Bruce Ismay va boshqa White Star Line kompaniyasi rahbarlariga chizmalarni taqdim etdilar.

Oʻlchamlari va maketi

tahrir

Titanicning uzunligi 269,0, kengligi esa 28,19 metr boʻlgan. Kema balandligi 104 futni tashkil qilgan. Har bir Olimpik klassga mansub kemada 10 ta paluba boʻlib 8 tasi yoʻlovchilar uchun, qolgan 2 tasi kema ishchilari uchun boʻlgan.

  • Qutqaruv qayiqlari joylashgan palubasidan 1912-yili 15-aprel sanasida Titanikdan qayiqlar tushirilgan. Kema koʻprigi va boshqaruv shturvali kemaning kapitan kayutasiga yaqin boʻlgan burun qismida joylashgan. Koʻprik 8 fut balandlikka koʻtarilib kemada favqulotda holatlarda foydalanilgan. Boshqaruv shturvali koʻprig tagida joylashgan. Birinchi klasga koʻtariladigan zinapoya kemaning markaziy qismida koʻtariladigan tom yonida joylashgan, ikkinchi klasga kirish yoʻlagi boʻlsa kemaning dum qismida boʻlgan. Ikkinchi klasga kirish yoʻlagi yonida birinchi klas yoʻlovchilari uy hayvonlari joylashtiriladigan qafaslar boʻlgan. Kema palubasi 4 qismga boʻlingan, birinchi qism ofitserlar uchun, ikkinchi qismi birinchi klas yoʻlovchilari uchun, uchinchi qismi injenerlar, ohirgi qismi ikkinchi klas yoʻlovchilari uchun taqsimlangan. Qutqaruv qayiqlari birinchi klas palubasida joylashgan.
  • Palubaning sayr uchun moʻljallangan yoʻlagi uzunligi 546 futni tashkil qilgan. Yoʻlak faqatgina birinchi klas yoʻlovchilari uchun foydalanishga ruxsat berilgan va undagi barcha golf maydonchasi, chekish uchun zonalar, oʻqish va yozish uchun boʻlgan zonalar ham shular jumlasidan.
  • B palubasi, kemaning eng baland qismi boʻlgan. B palubasida birinchi klas yoʻlovchilari uchun alohida yoʻlaklar va turli koʻngilochar mashgʻulotlar boʻlgan. Kemada birinchi klas yoʻlovchilari uchun aʼla carte va Parisien kafelari mazali taomlar tayyorlab berishgan. Ikkinchi klas uchun chekish zonalari va qabulxona ham B palubasida joylashgan.
  • C palubasi eng uzun paluba boʻlib kemaning burun qismidan dumigacha choʻzilgan. C palubasi ikkala palubani oʻz ichiga olgan va uchinchi klas yoʻlovchilari uchun aylanish yoʻlagi ham shu jumladan. Ekipaj palubasi C palubasi yonida joylashgan ikki paluba orasida boʻlsa birinchi klassning koʻplab koyutalari va kutubxona boʻlgan.
  • D palubasida birinchi va ikkinchi klaslar uchun salonlar, kampuslar mavjud boʻlgan, uchinchi klas yoʻlovchilari uchun boʻlsa ochiq maydonlar boʻlgan.
  • E palubasi, barcha klas yoʻlovchilari, oshpazlar, matroslar va boshqa kema ishchilarini kemaga chiqarish uchun foydalanilgan.
  • F palubasi asosan ikkinchi va uchinchi klas yoʻlovchilari va baʼzi ekipaj aʼzolari uchun boʻlgan. Palubada yana uchinchi klas yoʻlovchilari uchun salon va birinchi klas yoʻlovchilari uchun sauna va basseyn boʻlgan.
  • G palubasi quyi palubalardan boʻlgan. Palubada tennis kortlari va pochta xizmatlari uchun boʻlinma boʻlgan.

Orlop palubasi kemaning eng pastki qismi boʻlib tashqi baklar saqlangan. Orlop palubasi yuk saqlashda qoʻllangan, tashqi baklar boʻlsa platforma vazifasini bajargan va unda kema dvigatellari joylashgan. Kemaning Orlop qismida elektr moslamalari va dvigatellar saqlangani uchun yoʻlovchilar uchun kirish man etilgan.

Kema qismlari

tahrir
 
Titanik kemasi dum qismi


Titanik harakatlanishini taʼminlash uchun 4 ta dvigatel ishlagan ularni 2 tasi toʻrt silindrli uch karra kattalashtirilgan bugʻ dvigatellari, bitta past kuchlanishda ishlovchi porshenli dvigatel vintlarni harakatlantirishga yordam beradi. Ikkita porshenli dvigatel umumiy 30000 ot kuchiga ega boʻlgan, bugʻ trubinalarida boʻlsa16000 ot kuchi boʻlgan. Oq yulduz liniyasida harakatlanuvchi Laurentic kemasi ham huddi shunday kombinatsiyadan muvafaqiyatli foydalangan. Kombinatsiya yaxshi tezlikni taʼminlagan lekin porshen dvigatellari kemani yetarlicha kuch bilan boshqarishga yetarli boʻlmagan shunga qaramasdan trubinalar juda kuchli boʻlgan ammo ishlash jarayonida yoqimsiz titrash yuzaga keltirgan. Turbina va porshen dvigatellarini birga ishlatish yetarli darajadagi tezlikga erishishga, yoqilgʻi sarfini kamaytirishga yordam bergan.

Porshen dvigatellari har biri uzunligi 63 futdan va ogʻirligi 720 tonna, qoʻshimcha dvigatellarni ushlab turadigan plitalar ogʻirligi bilan 915 tonnani tashkil qilgan. Porshen dvigatellari birga ishlashi uchun 29 ta qozon ishlatilgan ulardan 24 tasi 2 tomonlama qolgan 5 tasi bir tomonlama boʻlib qozonlar uchun 159 ta pech ishlagan. Har bir qozon boʻyiga 15,9 fut, diametri 20 fut boʻlib vazni 91,5 tonnani tashkil qilgan, har bir qozonga 48,5 tonnagacha suv quyish imkoni boʻlgan.

Pechlarga koʻmir ishlatilgan, pechlar ishlashi uchun kuniga umumiy 600 tonna koʻmir talab qilingan. Pechlarni doimiy ishlatish uchun 176 ta oʻt oʻchiruvchilar yordami kerak boʻlgan. Kuniga 100 tonna chiqindi dengizga uloqtirilgan. Pech bilan ishlash juda havfli va ogʻir boʻlgani uchun oʻt oʻchiruvchilarga yaxshi haq toʻlangan, shunga qaramsdan oʻt oʻchiruvchilari orasida oʻz joniga qasd qilish koʻp boʻlgan.

Porshen dvigatellaridan chiqqan par trubinaga uzatilgan. Trubina yaxshi ishlashi uchun par tashqi kondensatorga uzatilib qayta ishlatish uchun suv holatiga keltirilgan. Kemani harakatlantirish uchun dvigatellar toʻgʻridan toʻgʻri aylanuvchi vallarga ulangan. Har bir dvigatel uchun alohida vall qoʻllangan. Har bir valga diametri 23.5 fut boʻlgan bronzadan tayyorlangan vint ulangan, oʻrtada joylashgan vint boshqalariga nisbatan kichikroq 17 fut diametrga ega boʻlgan.

Titanik elektr stansiyasi oʻsha davrlardagi oʻrtacha shahar elektr stansiyasiga qaraganda koʻproq energiya ishlab chiqarishga qodir boʻlgan. Trubinali motor yonida yana toʻrtta 400 kw bugʻli elektr generatorlar va favqulotda vaziyatlar uchun qoʻshimcha 2 ta 30 kwli yordamchi generatorlar boʻlgan.

Qurilishi

tahrir

1909-yili 31-mart Harland and Wolff kemasozlik kompaniyasi tomonidan qurilishi maʼlum qilingan.1911-yil 31-may (Belfast, Shimoliy Irlandiyada), suvga tushirilgan. Oʻzining qurilishi borasida dunyoning eng yirik yoʻlovchi layneri nomini olgan kema suvga tushishi uchun rekord darajasidagi yogʻ talab qilgan, parovoz yogʻi 23 tonnani tashkil qilgan.

Belfastdagi Harlland and Wolf kemasozlik kompaniyasi 1912-yil 10-aprelda XX asr fan va texnikasining katta yutugʻI va moʻjizasi, deb atalgan ulkan Titanik kemasini suvga tushiradi. Uning qurilishiga 17 mingdan koʻproq ishchi qatnashib, hozirgi narxda hisoblaganda bir yarim milliard funt sterling mablagʻ sarflangan. Tagi qoʻshqavatli, atrofi qalin poʻlat quyulmalari bilan himoyalangan, oʻn oltita geometric suv oʻtkazmaydigan qurilmasi boʻlib, bir soatda 8 ming tonna suvni chiqarib tashlash qobiliyatiga ega boʻlgan bu ulkan kemani hech kim choʻkib ketadi, deb oʻylamagan.

Konstruksiya va uskunalari

tahrir

Texnika xarakteristikasi

tahrir
 
RMS Titanicning kattaligi boʻyicha qiyos.
  • Yalpi roʻyxatdan oʻtilgan yuk 46328 tonna boʻlib suvga aralashmasi bilan 52 310 tonna 10,54 metrlik koʻrsatmasiga asoslanib jami 66 000 tonnani tashkil etgan.
  • uzunligi 268,98 m, eni 28,2 m, asosiy vaterliniyadan to eng chekka palubagacha 18,4 m.
  • Eng balanddagi quvurlarga qadar kemaning balandligi – 52,4 m;
  • Eng yuqori tezlik 24dan to 25 uzelgacha.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir