Osmatuzi
Osmatuzi, qanot osma — ziynat buyumi; Xorazm ayollarining boshga taqadigan taqinchogʻi. Tillaqoshdan Xorazm zargarligiga xos bezaklari — panjarali qanotlarining aylana naqshgullar bilan toʻldirib bezatilganligi, uzun shokilalarining koʻpligi, ayniqsa, qanotlar kelib tutashadigan markaziy shaklning oʻziga xosligi hamda ukpar, par oʻrnatiladigan naychasi borligi bilan farq qiladi. Osmatuzi chakka taqinchogʻi — yarimtirnoq bilan birga ansambl hosil qiladi[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |